Xalqaro ko‘zi ojizlar sporti federatsiyasi (IBSA) prezidenti Ilgar Rahimov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi. Martabali mehmonlarni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston ko‘zi ojizlar sport federatsiyasi rahbariyati qarshi oldi.

Mazkur tashrif doirasida delegatsiya a’zolari mamlakatimizda paralampiya harakati, ko‘zi ojiz toifasidagi paralimpiyachilarga yaratib berilayotgan sharoitlar bilan tanishadi. Shuningdek, sportimiz mutasaddilari bilan rasmiy uchrashuvlar o‘tkazilib, unda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda mamlakatimizda ko‘zi ojizlar sportini yangi bosqichga olib chiqish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi.

***

Angren shahrida joylashgan "Yangiobod" respublika o‘quv-mashg‘ulotlar bazasida para yengil atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda 700 nafarga yaqin para atletlar o‘zaro g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

***

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari X.Toshmatov hamda mamlakat og‘ir atletika federatsiyasi Bosh kotibi O.Mahmudov yurtimizda para pauerlifting sport turini yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashib, kelajakdagi rejalarni muhokama qildi. Shuningdek, para pauerlifting bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatini ham birgalikda tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi. Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

***

Qozog‘istonning Ostona shahrida para dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida 2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan  O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paralimpiya xabarlari