Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tennis bo‘yicha davom etayotgan M25 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda Sergey Fomin juftlik bahslarida yarim finalga chiqdi.

Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi xalqaro musobaqaning juftlik bellashuvlarida neytral tennischi Erik Arutiyunian bilan tandem hosil qilib, chorak final bosqichida kiprlik Elefterios Neos va neytral tennischi Semen Pankin juftligiga qarshi raqobatlashdi.

Keskin va murosasiz o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda Sergey va Erik raqiblarini uch setda – 6:5, 6:7, 10:8 hisobida taslim qildi va yarim finalga yo‘l oldi. Endi ular final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda gruziyalik Aleksandra Bakshi va slovakiyalik Lukash Pokorni duetiga qarshi kortga chiqadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sergey Fomin Gruziya turnirida yarim finalga chiqdi