Toshkent botanika bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Jahon banki dasturi ko‘magida “Formula-2025” ochiq osmon ostidagi keng ko‘lamli ilmiy-ommabop festival tashkil etildi.

“Formula-2025” O‘zbekistondagi birinchi yirik milliy ochiq osmon ostidagi ilmiy aloqa platformasi bo‘lib, u olimlar, ixtirochilar, o‘qituvchilar, talabalar, maktab o‘quvchilari hamda ilm-fan va kelajakka qiziquvchi barchani birlashtirdi.  

Festival turli viktorinalar, mahorat darslari va ilmiy stendlar, olimlarning ochiq va qiziqarli ma’ruzalari, ilm-fanda ayollarning roliga bag‘ishlangan panel sessiya hamda Fanlar akademiyasi olimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini kabi keng ko‘lamli tadbirlarni qamrab oldi.

–Biz ilm-fan rivoji aholi farovonligini oshirish va iqtisodiy o‘sishga olib keladi, deb hisoblaymiz, – deydi OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kanokpan Lao Arayya. –  Innovatsiyalarni joriy etish va strategik islohotlarni qo‘llab-quvvatlash orqali biz texnologiya va bilim modernizatsiyasining harakatlantiruvchi kuchiga aylangan O‘zbekistonda barqaror va inklyuziv iqtisodiyotni barpo etishga o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz.

Tadbir davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdiqulova fanga stereotiplar emas, iste’dodlar kerakligini, ilm yo‘lini tanlagan har bir yosh yangi yutuq va g‘oyalar sari qadam qo‘yishi lozimligini qayd etdi.

[gallery-23421]

Festivalga tashrif buyuruvchilar biologiyadan tortib arxeologiyagacha turli fanlar bo‘yicha olimlar tomonidan qilinayotgan yangiliklar bilan yaqinroq tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.  

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Formula-2025” ilmiy-ommabop festivali o‘tkazildi