Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 10-turi doirasida bugun, 17 may kuni “Qo‘qon-1912” – “Nasaf”, “Sho‘rtan” – “Andijon”, “Buxoro” – “Dinamo” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Ushbu uchrashuvlar orasida “Sho‘rtan” – “Andijon” bahsi shiddatli o‘tishi shubhasiz. Sababi “Andijon” jamoasi 9 ochko bilan 12-o‘rinda borayotgan bo‘sa, “Sho‘rtan” bor-yo‘g‘i ikki ochko to‘plab, Superliga jadvalining so‘nggi o‘rnida qolmoqda. Shu bois ham ikkala klub uchun g‘alaba suv va havodek zarur.

Shu o‘rinda mazkur uchrashuv oldidan jamoalarning o‘zaro o‘yinlari statistikasi haqida ma’lumot berishni lozim topdik. Bu klublar shu kunga qadar 18 marta to‘qnash kelgan va ularda ikkala jamoa bir xil - 7 tadan g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 4 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan.

Jamoalar Superligada (Oliy liga) so‘nggi bor 2016 yilgi mavsumda to‘qnash kelishgan. O‘shanda ikkala o‘yinda ham “Sho‘rtan”ning qo‘li baland kelgan. Shu paytgacha “Sho‘rtan” maydonidagi uchrashuvlarda 3 durang qayd etilgan va 2008 yilda 1 marta “Andijon” zafar quchgan.  

Eslatib o‘tamiz, “Sho‘rtan” – “Andijon” o‘yini G‘uzordagi “Markaziy” stadionida soat 20:30 da boshlanadi.

Darvoqe, kuni kecha start olgan Superliganing 10-turidan o‘rin olgan ilk uchrashuvda “Surxon” 2:1 hisobida “So‘g‘diyona”ni taslim qildi. Natijada Termiz shahri jamoasining ochkolari 13 taga yetdi. Jizzaxliklar esa 8 ochko bilan qoldi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliga: “Andijon” G‘uzorda "Sho‘rtan" mehmoni bo‘ladi