Shu kunlarda mamlakatimizdagi o‘nlab oliy ta’lim muassasalarida sport turlari bo‘yicha "Talabalar ligasi" musobaqalarining respublika final bahslari qizg‘in davom etmoqda.

Kuni kecha Termizda "Talabalar ligasi" sport musobaqasining gandbol bo‘yicha respublika bosqichi bahslari o‘z yakuniga yetdi.

50 nafarga yaqin murabbiy, 500 nafardan ortiq talabalarni jamlagan "Talabalar ligasi" o‘yinlari do‘stlik, shijoat, sport bayrami ko‘rinishini oldi. Musobaqalar talaba-yoshlar uchun mahorat maydoni, murabbiylar uchun esa tajriba almashish imkonini taqdim etdi.

Bir hafta davomida o‘tgan musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, talaba yigitlar o‘rtasidagi o‘yinlarda Termiz davlat universiteti jamoasi g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va Farg‘ona davlat universiteti jamoalari keyingi pog‘onalarni egalladi.

Talaba  qizlar jamoalari o‘rtasidagi bahslarda Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi 1-o‘rinni egalladi. 2 va 3-o‘rinlarga Jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Termiz davlat pedagogika instituti jamoalari sazovor bo‘ldi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbol: Termizda “Talabalar ligasi”ning g‘olib va sovrindorlari aniqlandi