Poytaxtimizdagi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli “Suv sporti saroyi”da sinxron suzish bo‘yicha “Suv parisi” xalqaro turniri va I Markaziy Osiyo ochiq chempionati davom etmoqda.

“Suv parisi” xalqaro turnirining texnik duet (kattalar) bahslarida rossiyalik Valeriya Plexanova va Anastasiya Nikitenko oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Belarus davlati vakillari Olga Demidova va Irina Shinkevich kumush, hamyurtlarimiz Sabina Mahmudova va Ziyoda Toshxo‘jayeva bronza medaliga ega chiqdi.  

Texnik aralash duet (kattalar) yo‘nalishida Anna Vaschenko va Vyacheslav Rudnev terma jamoamiz hisobiga oltin medalni keltirdi. Bolgariyalik Kristina Cherkezova va Dimitar Isayev ikkinchi o‘rindan joy oldi. Quvonarlisi, ushbu yo‘nalishdagi bronza medaliga hamyurtlarimiz Fotima Usmonova hamda Iso Ibrohimov sazovor bo‘ldi.  

[gallery-23408]

U15 yosh toifasidagi guruh bellashuvlarida Rossiya, Belarus va  O‘zbekiston 1 terma jamoalari kuchli uchlikdan joy oldi. Kattalar o‘rtasida o‘tgan ushbu yo‘nalishda  Rossiya,  O‘zbekiston 1 va O‘zbekiston 2 termalari shohsupaga ko‘tarildi.

Markaziy Osiyo chempionati doirasida ham g‘olib va sovrindorlar aniqlandi:

Texnik duet (kattalar)

1-o‘rin – Makpal Qalmurzayeva va Saim Ayganim (Qozog‘iston)

2-o‘rin – Sabina Mahmudova va Ziyoda Toshxo‘jayeva (O‘zbekiston)

3-o‘rin –Saniya Gibadullina va Karina Dotsenko (Qozog‘iston)

Guruh U12

1-o‘rin – Qozog‘iston 1

2-o‘rin – O‘zbekiston 1

3-o‘rin – Qozog‘iston 2

Guruh U15

1-o‘rin – Qozog‘iston 1

2-o‘rin – Qozog‘iston 2

3-o‘rin – O‘zbekiston 1

Guruh (kattalar)

1-o‘rin – Qozog‘iston 1

2-o‘rin – O‘zbekiston 1

3-o‘rin – O‘zbekiston 2

Bugun, 17 may kuni mazkur nufuzli musobaqaning so‘nggi kunida U12 U15 va kattalar o‘rtasida erkin duet, texnik mikst, akrobatik guruh yo‘nalishlari bo‘yicha bahslar tashkil etiladi.

Javohir Toshxo‘jayev,  

Almurod Mamadaminov (surat),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sinxron suzuvchilar bahsida hamyurtlarimiz tengsiz