Polshaning Varshava shahrida World Boxing tashkiloti kubogining ikkinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.

-55 kg. vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Mirazizbek Mirzaxalilov finalda Bilguunsaixan Xarxu (Mo‘g‘uliston) ustidan zafar quchib oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, vazni -65 kg. bo‘lgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev bolgariyalik Viktorio Iliyevni yengib, chempionga aylandi. Shuningdek, Javohir Ummataliyev (-80 kg), Fazliddin Erkinboyev (-75 kg), Akmaljon Isroilov (-85 kg) va Jahongir Zokirov (+92 kg) kabi iqtidorli bokschilarimiz terma jamoamiz hisobiga oltin medalni keltirdi.

Finalga qadar o‘tgan bellashuvlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan Xumorabonu Mamajonova -57 kg. vazn toifasida kumush medal bilan taqdirlandi. O‘z vazn toifalarida Samandar Olimov va G‘ofur Tohirov bronza medallariga sazovor bo‘ldi.  

Ma’lumot o‘rnida: joriy yilning 31 martidan 5 apreliga qadar Braziliyada o‘tkazilgan World Boxing tashkiloti kubogining birinchi bosqichida To‘lqin Qilichev boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bironza medaliga ega chiqqan edi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimiz jahon kubogida 9 ta medal jamg‘ardi