Buxoroda “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sport bayrami nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport va jamiyat hayotiga faol integratsiyalashish yo‘lida muhim qadamlardan biridir.

Mahalliy saralash bosqichlarida muvaffaqiyat qozongan 338 nafar ishtirokchi viloyat bosqichida o‘z iqtidor va mahoratini namoyish qilmoqda. Ular sportning 13 turibo‘yichada o‘zaro bellashdi.

Paralimpiada nafaqat sportchilar uchun imkoniyat, balki jamiyatda inklyuzivlikni targ‘ib qiluvchi, teng huquqli muhit yaratishga xizmat qiluvchi ijobiy tashabbusdir. Musobaqalar davomida ishtirokchilarning g‘alaba uchun bo‘lgan irodasi, kuch-g‘ayrati va qat’iyati tomoshabinlar va hakamlar tomonidan yuqori baholandi.

G‘ijduvon tumanidan ishtirok etgan Rustam Yahyoyev armrestling (qo‘l kurashi) sport turi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.

– Sportning bu turi bilan bir necha yildan buyon shug‘ullanib kelaman, – deydi u. – Bugun ham paralimpiadaning viloyat bosqichida ishtirok etib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdim. Ikki qo‘limda ham bemalol bahslasha olaman va bu bugungi musobaqada menga juda qo‘l keldi.

– Shaxmat bilan shug‘ullanish eng sevimli mashg‘ulotim, – deydi Shahzod Narzullayev. – Aynan shu sport turi bo‘yicha maktabda to‘garak faoliyatini ham yo‘lga qo‘yganman. “Besh tashabbus paralimpiadasi”da har yili ishtirok etib, mahoratimni sinab ko‘raman. Bugungi musobaqada ham ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdim. Bunday musobaqalar bizning vaqtimizni mazmunli o‘tkazishimizga, salomatligimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Musobaqa yakunida barcha sport turlari bo‘yicha g‘olib va sovrindor ishtirokchilar diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Besh tashabbus” paralimpiadasi: eng kuchlilar aniqlandi