Bugungi axborot asrida insonning ruhiy olamiga ta’sir qiluvchi tashqi omillar ko‘paydi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlardagi shov-shuvli, eshitgan odamni vahimaga soladigan xabarlar nafaqat yosh bolalar, balki kattalar ruhiyatiga ham ta’sir etayotgani bor gap. Har qanday tashqi axborot xurujiga qarshi odamlarda ham himoya immuniteti bo‘lishi zarur. Ya’ni g‘oyaga qarshi g‘oya bilan javob berilsagina, muammoning ildizi chuqurlashmaydi.

Bu borada ko‘proq mas’uliyat yurtimizda faoliyat olib borayotgan psixolog kadrlar zimmasiga tushadi. Psixologik kasalliklarga chalingan bemorlar bilan ishlovchi psixolog hamda psixiatrlar uchun xalq orasida targ‘ibot-tashviqot, tushuntirish ishlarini olib borish tizimi yo‘lga qo‘yildi. 

Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida “Shaxs faoliyatiga ta’sir etuvchi psixologik omillar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Uchrashuvda viloyat kuch tuzilmalari harbiy xizmatchi va xodimlari, tuman va shahar psixologlari, jamoat tashkilotlari vakillari, amaliyotchi psixologlar, Respublika ilmiy-amaliy psixologik markazi xodimlari hamda ruhiy-asab kasalliklari dispanseri psixiatr-shifokorlari va psixologlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida inson faoliyatiga salbiy yoki ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan psixologik omillar, stress va zo‘riqish holatlarining oldini olish, ruhiy salomatlikni saqlash bo‘yicha samarali usullar muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ishtirokchilarga kerakli tavsiyalar berildi.

— Biz ko‘proq turli psixologik kasalliklar, ruhiy tazyiq yoki zo‘ravonliklarga uchragan xotin-qizlar, bolalar bilan ishlaymiz, —deydi psixolog Nozima Nosirova. —Joriy yilning boshidan hamkasblarim bilan barcha viloyatlar bo‘ylab targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazib kelyapmiz. Tadbir davomida ham, tadbirdan so‘ng ham kamida 10-15 nafar odamlar biz bilan yakka tartibda muloqot qilishadi. Ularga ruhiy zarbalarga qarshi qanday kurashish yo‘llarini o‘rgatamiz. Bugun odamlarda o‘zini-o‘zi himoya qilish immuniteti ancha kuchaydi. Demak, mehnatlarimiz o‘z samarasini beryapti. 

Shuningdek, uchrashuv yakunida ishtirokchilarga nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalar ham yetkazildi. Ruhiy salomatlik, professional faoliyatda psixologik barqarorlikni ta’minlash bugungi kunda dolzarb masalalardan biri ekani yana bir bor tasdiqlandi. 

Bunday tadbirlar tizimli ravishda o‘tkazilishi soha xodimlarining psixologik tayyorgarligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/53cFVTrjTVo" title="Ruhiy salomatlikni saqlashda samarali usullar muhokama qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ruhiy salomatlikni saqlashda samarali usullar muhokama qilindi (+video)