Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va tafakkur manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘’tabar va mukaddas, deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimiznint qon-qoniga singib ketgan.
Bugun Respublika oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazlari hamkorligida “Xalqaro oila kuni” hamda O‘zbekiston xalq shoirasi - Halima Xudoyberdiyeva tavallud kuni doirasida “Kitobxon onalar” tadbiri o‘tkazildi.
Ma’lumki, ushbu "kitobxon onalar" tadbiri an’anaviy tarzda uch yildan buyon har oyning 17 sanasida o‘tkazib kelinmoqda. Kitobxon onalar tadbirini muntazam tarzda o‘tkazilishidan maqsad, albatta, kitob va kitobxonlikni targ‘ib qilish natijasida aholi, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada barqarorlashtirish, farzandlar tarbiyasida onalarning rolini yanada oshirish, ayollarning ta’lim olishi zarurligini va bilimli, kitob o‘qigan onalar vakilalarini targ‘ib etishdan iboratdir.
Shuningdek tadbir davomida, yorqin iste’dod egasi, ulkan so‘z san’atkori Halima Xudoyberdiyeva xotirlandi. Ma’lumki shoira o‘zbek she’riyatiga samimiy insoniy tuyg‘u va fazilatlar – sevgi sadoqat, mehr va muruvvatni tarannum etuvchi shoira, o‘zbek xotin-qizlari orzu va armonlarining kuychisi sifatida kirib kelgan.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Halima Xudoyberdiyeva ijodi va bugungi kunda ma’rifatli ayol jamiyatning taraqqiyot yo‘lini belgilab berishi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tishdi. Bu kabi tadbirlar xotiralarda saqlanibgina qolmay, har bir ishtirokchi qalbida o‘zgacha ishonch va maqsad tuyg‘ularini uyg‘otishiga ishonamiz.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/c6FtvwziS1w" title="Ayol ma’rifati – jamiyat saodati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, I.Ismatov O‘zA