“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga bank mijozlari uchun bir qator yangi loyiha va xizmatlarning taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Unda bank Boshqaruvi rahbariyati, tarkibiy tuzilmalar mas’ul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari  ishtirok etdi.  

Tadbirda qayd etilishicha, bank sektorida so‘nggi yillarda hayotga tatbiq etilayotgan tizimli islohotlar natijasida eng avvalo, mijozlar zamonaviy bank xizmatlaridan bahramand bo‘lmoqda. Banklar tomonidan jozibali, qulay va tezkor xizmatlar taklif etilishi kuchli raqobat muhitini shakllantirmoqda. 

Biznesni rivojlantirish banki “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturining asosiy tayanch banki sifatida biznesni qo‘llab-quvvatlashga, xususan, qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga intilmoqda.  

Tadbirda dastlab tadbirkorlar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari, faollar oldida qurilish sohasida faktoring xizmatlari afzalliklari va uni rivojlantirish istiqbollariga oid ma’lumotlar taqdim etildi. Jumladan, tadbirkorlarning aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanishida faktoring moliyaviy instrumentining ahamiyati haqida bankning Kichik biznes departamenti tomonidan taqdimot o‘tkazildi.

[gallery-23397]

2024 yilning 12 avgustida qabul qilingan  “Faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining turmush tarzini yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilmoqda. Farmon ijrosi doirasida tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish, kichik va o‘rta biznes sub’ektlari faoliyati uzluksizligini ta’minlash, imkoniyatlarini oshirish maqsadida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan faktoring xizmati yo‘lga qo‘yilgan.  

Faktoring – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (yetkazib beruvchilar)ni moliyalashtirishga doir bank xizmatlaridan biri bo‘lib, bunda ular bank (moliya agenti)ga yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki xizmatlar uchun to‘lovchilar tomonidan akseptlangan, lekin to‘lov talabnomalari bo‘yicha to‘lov qilinmagan to‘lovni, regress huquqisiz olish huquqi.  

Tadbirda bank mas’ullari tomonidan tadbirkorlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarda faktoring xizmatidan foydalanish shartlari va ahamiyati xususida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni an’anaviy hamda faktoring instrumenti orqali amalga oshirishning farqlari misollar asosida ko‘rsatib berildi.  

– Faktoring xizmati tadbirkorlar uchun jozibador moliyaviy instrument hisoblanadi, – deydi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB departament direktori o‘rinbosari Jasur Mahmudov. — Faktoring xizmati tadbirkorlarning pul mablag‘lari aylanmasini tezlashtiradi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun xavfni kamaytiradi, to‘lov intizomiga rioya qilishni ta’minlaydi. Eng muhimi, qisqa muddatli kredit mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoj o‘rnini qoplaydi. Shuning uchun faktoring bozori iqtisodiyotimizda drayveriga aylandi.  

– Ushbu bankdan faktoring xizmatidan foydalandik, — Bu xizmat tadbirkorlar uchun juda qulay, — deydi tadbirkor Feruza Qodirova. — Masalan, yetkazib beruvchi mijozga xizmat yoki tovar yetkazdi, ammo hali to‘lov qilinmagan. Bu vaziyatda bank yoki faktoring kompaniyalari yordamga keladi. Ular qarzning (kamida 80-90 foizini) to‘lab beradilar, mijoz esa keyinchalik belgilangan muddatda qarzni bankka qaytaradi. Bunda 2,5 foizdan 10 foizgacha bo‘lgan diskont, ya’ni bank tomonidan moliyalashtirilgan summa bilan shartnoma bo‘yicha to‘lov talabnomasi summasi o‘rtasidagi farq bank hisobida bo‘ladi.

Mazkur xizmatdan byudjet tashkilotlari va jismoniy shaxslar, zararga kirgan korxonalar foydalana olmaydi.Ushbu xizmat bir kalendar yilida 1 milliard so‘mdan 100 milliard va undan ko‘p daromad qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlariga qisqa  

muddat – 120 kundan 12 oyga qadar ko‘rsatiladi. Faktoring mablag‘i miqdori to‘lovchi (debitor)ning jami 12 oydagi daromadining 15 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda beriladi. Bunda kichik sub’ektlar uchun 1 milliard so‘mgacha, o‘rta biznes sub’ektlari uchun 5 milliard so‘mgacha, korporativ biznes sub’ektlari uchun 10 milliard so‘mgacha etib belgilangan.  

Taqdimotlar orqali faktoring xizmatining qulayliklari, kredit xizmatidan farqlari haqida ham batafsil tushuntirish berildi.  

Tadbir doirasida bank tomonidan ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar natijasida o‘z faoliyatini kengaytirgan mijozlar bilan muloqot ham bo‘lib o‘tdi. Unda tadbirkorlar tomonidan o‘tgan davr mobaynida bank moliyaviy ko‘magida amalga oshirilgan loyihalar va ularning aholi bandligini ta’minlashdagi ahamiyati xususida atroflicha fikr almashildi. 

Tadbirning yana bir ahamiyatli qismi bu bank tomonidan xizmat ko‘rsatilishi yoki moliyalashtirilishi kutilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan ham davra suhbati o‘tkazilgani bo‘ldi.

Suhbat davomida mijozlarga loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha mavjud xizmatlar taklif etildi. Taqdimot va xizmatlar yuzasidan tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bank mas’ul xodimlaridan  javob oldil.  

Shahnoza Mamaturopova, Oybek Pardayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga yangi loyiha va xizmatlar taklif qilindi