Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024 yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Markaziy bankning 2024 yildagi faoliyatida asosiy e’tibor iqtisodiyotda inflyatsiyaga yalpi talab tomonidan bo‘lgan bosimlarni yumshatish hamda o‘rta muddatli istiqbolda inflyatsiyaning belgilangan target ko‘rsatkichiga yetishini ta’minlashga qaratilgan. Bank tizimining moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini maqbullashtirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarning salbiy ta’sirlarini yumshatish va banklar bardoshliligini oshirish, shuningdek, bank xizmatlari va hisob-kitob operatsiyalariga kibertahdidlar va firibgarliklarning oldini olish e’tibor markazida bo‘ldi. 

Hisobot davrida umumiy inflyatsiya biroz pasayuvchi dinamikaga o‘tib, yil yakunida yillik 9,8 foizni tashkil etgan va bunda energiya resurslari narxlari oshirilishining birlamchi ta’sirisiz inflyatsiya darajasi 6,3 foiz doirasida shakllangan.

O‘tgan yilda pul bozorida o‘rtacha yillik foiz stavkasi 14,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, umumiy likvidlikning ortishi hisobiga dekabr oyi holatiga ko‘ra, 13,9 foizgacha pasaygan.

2024 yilda Markaziy bank tomonidan pul-kredit choralari transmission kanalini yaxshilash, bank tizimi likvidligini samarali boshqarish va pul bozorida foiz stavkalari to‘g‘ri shakllanishini ta’minlash uchun pul-kredit siyosatining operatsion mexanizmi takomillashtirib borilgan.

Majlisda mazkur hisobot senatorlar tomonidan qizg‘in muhokama qilinib, Markaziy bankning 2024 yilgi faoliyatida bazaviy inflyatsiya darajasini pasaytirish choralarini ko‘rish, narxlar barqarorligini ta’minlash, to‘lov tizimlari barqaror ishlashi va xizmatlar ko‘lamini kengaytirib borish hamda pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan yechilishining oldini olishga qaratilgan kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirish borasidagi ishlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

***

Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunni takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan bu borada amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Sil kasalligining oldini olish holati, muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan bildirilgan takliflar ko‘rib chiqildi. Ishchi guruh a’zolari xorijiy davlatlar tajribasini ham o‘rganib chiqib, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan bir qator taklif va tavsiyalar bildirdi.

Jumladan, sil kasalligining erta tashxisi, profilaktikasi, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish, tibbiyot muassasalari va nodavlat sektor o‘rtasidagi hamkorlikni samarali tashkil etish kabi yo‘nalishlarda amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarurligi ta’kidlandi.

Ishchi guruh a’zolarining qonunchilikni takomillashtirishga doir aniq vazifalari belgilandi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatda Markaziy bankning hisoboti hamda sil kasalligining oldini olish masalasi ko‘rib chiqildi