Shveysariyada ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha yana bir innovatsion loyiha boshlangan.
Mamlakatdagi Sun-Ways nomli startap temir yo‘l relslari oralig‘iga quyosh panellari o‘rnatish ishlarini boshladi. Bu texnologiya hozircha sinov bosqichida, ammo u allaqachon boshqa davlatlarda ham katta qiziqish uyg‘otgan. Bu haqda Swiss Info nashri xabar berdi.
Loyihaning asosiy maqsadi — temir yo‘l infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali toza energiya ishlab chiqarish. Sun-Ways kompaniyasining fikricha, bu yondashuv mamlakat energetika tizimiga muhim hissa qo‘shadi va ekologik barqarorlikni ta’minlaydi.
Quyosh panellari maxsus poyezd orqali temir yo‘l bo‘ylab avtomatik tarzda o‘rnatiladi. Bu esa ishchi kuchini kamaytirish va vaqtni tejash imkonini beradi. Panellar relslar orasidagi bo‘shliqdan samarali foydalanadi va poyezd harakatiga xalaqit bermaydi.
Texnologiya hali to‘liq ishga tushmagan bo‘lsada, u Yevropa va boshqa mintaqalardagi «yashil energiya» tarafdorlari tomonidan katta e’tibor bilan kuzatilmoqda. Mutaxassislar bu kabi loyihalar yaqin kelajakda global energetika inqiroziga qarshi samarali yechimlardan biri bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/NQe0mcOX688" title="Relslar ostida quyosh" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA