Navoiy shahridagi Yoshlar markazida viloyat sport boshqarmasi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida 2025 yilning birinchi choragi davomida jismoniy tarbiya hamda sport sohasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Bugungi kunda viloyatda 18 ta sport ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Ularning 13 tasi umumiy sport maktabi, 4 tasi ixtisoslashtirilgan sport maktabi va 1 tasi olimpiya hamda paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtirilgan tayyorlov markazidir. Bu muassasalarda 781 nafar malakali murabbiy 45 turdagi sport mashg‘ulotlarini olib boradi. Ayni paytda 23,5 ming nafar yosh muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanmoqda.

– Aholini jismoniy faollikka jalb etish maqsadida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni, “Ertalabki badantarbiya mashqlari” kabi tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda, – deydi viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zokir Abdiyev. – 2025 yilning birinchi choragida viloyat bo‘ylab 1 096 ta ommaviy sport tadbirlari tashkil etilib, 200 ming nafar aholi ishtirok etdi. Yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 168,9 ming nafar yosh onlayn platforma orqali ro‘yxatdan o‘tdi. Ularning 46,7 foizi sport tadbirlarida ishtirok etish istagini bildirgan. 

Joriy yilning birinchi choragida viloyat sportchilari tomonidan respublika va xalqaro miqyosda jami 315 ta medal qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ularning 294 tasi O‘zbekiston chempionat va kuboklarida, 21 tasi esa Osiyo, Jahon va xalqaro musobaqalarda qo‘lga kiritilgan. Natijada 516 nafar sportchi O‘zbekiston Milliy terma jamoasi tarkibiga qabul qilindi.

Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, viloyatda sport infratuzilmasini yaxshilash borasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilda 7 ta tuman va shaharlarda 10 ta yangi sport maydonchasi qurilishi rejalashtirildi. “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida esa Karmana, Xatirchi va Nurota tumanlaridagi sport ob’ektlarini ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilish uchun 3,7 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Shuningdek, Qiziltepa tumanida dzyudo sport turiga moslashtirilgan sport zali qurilishi uchun 3,1 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, Zarafshon shahrida xususiy sektor tashabbusi bilan “NEW FITNESS” sport klubi tashkil etildi.

[gallery-23391]

Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida viloyatda “Yoshlar va sport festivali” o‘tkazilib, 100 ming nafardan ortiq yosh qamrab olindi. Festival doirasida 26 ta Olimpiya sport federatsiyalari joylarga chiqib, turli musobaqalar va mahorat darslarini o‘tkazdi.

Matbuot anjumanida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

A.Bo‘riyev, S.Aslonov, (surat), O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiylik 516 nafar sportchi O‘zbekiston Milliy terma jamoasi tarkibiga qabul qilindi