Sharq azal-azaldan G‘arb uchun jozibador, mo‘’jizakor va betakror go‘zallik dunyosi bo‘lib tanilgan. Boisi ma’naviy jihatdan mushtarak xalq va millatlarning bir-biriga hamohang qadriyatlari, urf-odatlari, yashash tarzi, madaniyati hamda san’atida o‘ziga xoslik ufurib turgan. Mazkur umrboqiy an’analar hamon davom etayotganini esa Sharqni dunyo darvozasi bo‘lib sayyohlarni o‘z bag‘riga chorlayotgani misolida ko‘rish mumkin.
Milliy liboslar chellenji ham bugun millatimizning sharqona qadriyatlarga sadoqat va muhabbati ramzi deyish mumkin. “O‘zmilliybank” AJ jamoasi haftaning har juma kunini bayramona kayfiyatda boshlayotganining asosiy omili ham ana shunda.




Zotan, ajdodlar merosi avlodlar zimmasidagi oliy mas’uliyatdir. Tarixni kelajak bilan bog‘lagan hamkasblarimiz esa milliylikni qadrlaydi. Asosiysi, buni kelgusi avlodlarga yetkazishda ko‘prik bo‘layotganlaridan faxrlanishadi.
“O‘zmilliybank” AJ milliylikni targ‘ib etish tashabbusini doimo davom ettiradi.
“O‘zmilliybank” AJ
Matbuot xizmati