Amaliyotda shunday holatlar tez-tez uchrab turadi: do‘kon yoki savdo nuqtasi egasi ishga kirgan xodim nomiga yakka tartibdagi tadbirkor (YATT) sifatida ro‘yxatdan o‘tishni taklif qiladi.
Shu orqali rasmiylashtirish amalga oshiriladi va soliq to‘lovlarini tadbirkorning o‘zi amalga oshirishi aytilsa-da, barcha yuridik va moliyaviy mas’uliyat YATT nomida qoladi.
Dastlab soliqlar tadbirkor tomonidan to‘lab borilsa-da, vaqt o‘tishi bilan turli sabablarga ko‘ra ushbu majburiyat bajarilmay qolishi mumkin. Natijada, yuridik shaxs nomiga ochilgan YATT orqali yig‘ilgan qarzlar to‘g‘risidagi barcha xabarnomalar fuqaroning o‘ziga kela boshlaydi.
Afsuski, bu holatda fuqaro o‘zi bilmagan holda katta moliyaviy muammolarga duch kelishi mumkin...
Xo‘sh, ushbu holatga duch kelmaslik uchun qanday yo‘l tutish mumkin?
Baiafsil “Huquqiy ekspert” loyihasida:
<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/gmnkXi5pehM?si=2w1sMPXvbMI6WW0C" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev, O‘zA