Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” pavilonlarida bo‘lib o‘tayotgan  “TextileExpo Uzbekistan Bahor 2025” 24-Xalqaro to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati ko‘rgazmasining ikkinchi kunida ham ishtirokchilar soni ko‘p bo‘ldi.

Sababi ushbu soha murakkabligi va serdaromadligi bilan ajralib turadi va tadbirkor uchun doimiy izlanishni, bozor konyukturasini o‘rganishni talab qiladi.  

Tadbir tashkilotchilari: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group ishbilarmon doira vakillari uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan va ko‘rgazma yuqori saviyada tashkil etilgan.

- Bu yil ko‘rgazmaga o‘tgan yilgiga qaraganda ko‘proq brend korxonalar tashrif buyurgan, - deydi Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi  PR direktori Lyudmila Stayshyunayte. 

– Ko‘rgazma orqali O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoati qanchalik tez rivojlanayotgani yaqqol ko‘rish mumkin.  Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga nafaqat ichki, balki tashqi bozorlarda ham qiziqish ortib bormoqda. Yana bir e’tiborli jihati - bu Bayer dasturi ham tadbikorlarga qator qulayliklarni yaratadi. Ulgurji va chakana savdo vakillari bu yerda uchrashib, soha uchun yangiliklarni olib kiradilar. Foydali shartnomalar tuziladi. O‘zbekistonning xorijga taklif etayotgan mahsulotlari uchun yagona maydon yuzaga keladi. Bu kichik va katta kompaniyalar uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. 100 nafardan ortiq bayerlar kelgan va ular shartnomalar tuzishda faol ishtirok etishmoqda.   

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotining eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlaridan biri sifatida jahon tendensiyalari, trendlari va innovatsiyalari to‘g‘risidagi axborotni doimiy ravishda aktuallashtirishni talab etadi. So‘nggi yillarda sanoat ham, ichki bozor ham eksport uchun ishlab chiqarish hajmini oshirib, yetkazib berish geografiyasini izchil kengaytirmoqda.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadlaridan biri to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash va eksportni rivojlantirishdan iboratdir. 

Unda Belarus Respublikasi, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkiya va boshqa qator davlatlarning 165 ta kompaniya va mashhur brendlari, shuningdek, yaqin va uzoq xorijdan 100 nafardan ortiq yirik bayerlar ishtirok etmoqda. 

Ko‘rgazma pavilonlaridan kalava ip va gazlamalar, trikotaj matolar, ipak, paypoq mahsulotlari, uy tekstili, yengil sanoat uchun xomashyo, aksessuarlar, poyabzal, bo‘yoqlar va kimyoviy moddalar, shuningdek, bosma ishi va qadoqlash kabi bo‘limlar o‘rin olgan.

Bu yil ekspozitsiyalar quyidagi yangi bo‘limlar bilan kengaytirildi: paxta va tola, kiyim-kechak va ichki kiyim, qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan kiyimlar, tibbiy tekstil.

Dastlab mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ko‘maklashishga qaratilgan mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston kompaniyalari uchun bozorda o‘z brendini ilgari surishda muhim ko‘mak berib kelmoqda. Aynan shu yerda ularga sifati va dizayni bo‘yicha yetakchi xorijiy brendlarnikidan qolishmaydigan mahsulotlarini namoyish etish imkoniyati yaratilmoqda. 

Ko‘rgazmaning yana muhim tarkibiy qismi - bu maxsus Bayerlar dasturidir. Ushbu dastur yildan yilga yaqin va uzoq xorijdagi ishlab chiqaruvchilar, ulgurji xaridorlar, riteylerlar va yetkazib beruvchilarni o‘ziga jalb qiladi. 

Bu yilgi stendlarda ko‘plab xaridorgir mahsulotlar, xususan matolar, tayyor kiyim-kechak, ish kiyimlari, uy tekstili, jinsi shimlar va aksessuarlar namoyish etildi. Shunday qilib, kichik korxonalar mintaqaviy va global miqyosda o‘z xaridorlarini topish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 

Ko‘rgazma to‘qimachilik va kiyim-kechak mahsulotlarini ishlab chiqarishning butun zanjirini – kalava ipdan tortib to tayyor kiyim va qadoqlashgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab olganligi bilan tadbirkor va xaridorlar uchun alohida ahamiyat kasb etmoqda. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/YbN2UFsBFhA" title="Tekstil ko‘rgazmasi - tadbirkor uchun yana bir imkoniyat" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ko‘rgazma 16 may kuni ham davom etadi. 

Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tekstil ko‘rgazmasi - tadbirkor uchun yana bir imkoniyat (+video)