Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

So‘nggi yetti yilda bog‘chalar bilan qamrov 700 mingdan 2,3 millionga yetkazildi. Bugungi kunda mamlakatimizda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bog‘chalar faoliyat yuritmoqda.

–Qamrov oshdi, lekin sifat bo‘yicha qiladigan ishlarimiz ko‘p. Bog‘chalar nafaqat tarbiya, balki bolada ta’lim olish uchun ilk ko‘nikmalarni shakllantiradigan maskanga aylanishi kerak,  – dedi Prezident.

Olti yoshli bolalar maktabga tayyorlov guruhlariga deyarli to‘liq qamrab olindi. Keyingi yil bu raqam 100 foizga chiqishi kutilmoqda.

Endilikda joriy yildan ilg‘or xorijiy tajriba asosida maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Bunda Singapurning nufuzli tashkiloti bilan bog‘cha bolalarini matematika, tabiiy fanlar va texnologiya yo‘nalishlarida tanqidiy va kreativ fikrlashga o‘rgatadigan dasturlar ishlab chiqiladi.

Davlat va xususiy bog‘cha tarbiyachilarining malakasi, mahorati va psixologik tayyorgarligini oshirish uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat va xususiy bog‘cha tarbiyachilarining malakasi oshirish uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi