Yurtimizda ilk bora sinxron suzish bo‘yicha “Suv parisi” birinchi ochiq Markaziy Osiyo Chempionati o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalarining “Suv sporti saroyi”da tashkil etilgan xalqaro musobaqalarda Markaziy Osiyo davlatlari hamda Rossiya, Belarus Respublikasi, Bolgariya, Birlashgan Arab Amirliklari, Qozog‘iston kabi  davlatlardan 205 nafar sportchi ishtirok etyapti.  

U12, U15 va katta yoshdagilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan musobaqalarda jami 186ta medal jamg‘armasi uchun bahs olib boriladi.  Ushbu chempionatda O‘zbekiston sharafini 66 nafar sportchi himoya qiladi.  

15 may kuni sinxron suzish bo‘yicha boshlangan bahslarda 12-15 yoshli sportchilarning chiqishlari bo‘lib o‘tmoqda. Shu kunning o‘zida kattalar ham suv sportida kuch sinashadi va g‘oliblar aniqlanib, taqdirlash marosimlari tashkil etiladi.  

Har bir yo‘nalish bo‘yicha sportchilar 3ta: oltin, kumush va bronza medallari uchun kurash olib boradi. Kechga yaqin musobaqalarning tantanali ochilish va taqdirlash marosimlari tashkil etiladi. Ushbu bahslarni suv sporti muxlislari mahalliy telekanallar orqali ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishlari mumkin.  

Eslatib o‘tamiz, “Suv parisi” birinchi ochiq Markaziy Osiyo chempionati 17 may kuni yakunlanadi va g‘oliblar nomi ma’lum bo‘ladi.  

Muhimi ushbu musobaqalar mahalliy sportchilarimiz  uchun xalqaro arenalarga chiqishlariga tramplin vazifasini o‘taydi.   

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6txyqpwjMF4" title="“Suv parisi”Markaziy Osiyo chempionatiga start berildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Suv parisi” Markaziy Osiyo chempionatiga start berildi (+video)