Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Davlatimiz rahbari sohada mavjud muammolarga to‘xtaldi.

Ta’lim dasturlari eng ilg‘or mamlakatlar tajribasiga moslashtirilmoqda, darsliklar yangilanmoqda, maktablarga zamonaviy jihozlar olib berilayapti.  

Lekin tizimdagi muallimlarning yangi metodikalarni o‘zlashtirishi, ta’lim sifatini ta’minlashi qay darajada ekani savol ostida.

Masalan, ikki yil oldin toifa berish tizimi shaffof, raqamlashgan platformaga o‘tgani haqiqiy ahvolni ko‘rsatdi.

Jumladan, o‘tgan yili 341 ming o‘qituvchi yangi tizim asosida toifaga topshirgan bo‘lsa, shundan 102 ming nafari imtihondan o‘ta olmagani qayd etildi.

Ishga olishda diplomga qarab emas, bilim va malakani baholash tizimiga o‘tildi. Bu yangi tizim orqali imtihon qilingan 13 ming nomzoddan 6 mingi bilimi qoniqarsiz bo‘lgani uchun ishga kira olmadi.  

Yoki 61 ta xususiy oliygohda pedagog-kadrlar o‘qitilayotgani bilan birortasida kimyo, biologiya va fizika bo‘yicha muallim tayyorlanmaydi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toifa berish tizimi shaffof, raqamlashgan platformaga o‘tgani haqiqiy ahvolni ko‘rsatdi