Polshada boks bo‘yicha jahon kubogi bahslarining navbatdagi kunida terma jamoamizning 5 nafar a’zosi ringga ko‘tarildi.
Jumladan, “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev -65 kg. vazn toifasida Ousainou Xansen (Germaniya) bilan jang qildi. Bahsning 1-raundida bokschimiz raqibini texnik nokautga uchratib, g‘alaba qozondi.

Vazni -55 kg. bo‘lgan Mirazizbek Mirzahalilov 5:0 hisobida Kory Jonesni (Uels) taslim qilgan bo‘lsa, -80 kg. vaznda Javohir Ummataliyev bolgariyalik Villiam Cholovni 5:0 hisobida yengdi. Shuningdek, Akmaljon Isroilov va Fazliddin Erkinboyev o‘z vazn toifasida navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA