Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Sport vazirligi hamda Belbog‘li kurash federatsiyasining yillik-taqvimidan o‘rin olgan mazkur O‘zbekiston chempionatida 342 nafar polvon ishtirok etdi.

Murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra, Mirjalol Mirahmedov (Farg‘ona), Nasibjon Tursunov (Andijon), Asadbek Mamataliyev (Namangan), Ilyosbek Yoqubjonov (Andijon), Samandar Anvarov (Farg‘ona), Ilhom Mashrapov (Andijon), Husniddin Ro‘ziyev (Andijon), Nodirbek Ahatjonov (Andijon), A’zamjon Anvarjonov (Andijon) erkaklar orasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ayollar orasidagi belbog‘li kurashning erkin yo‘nalishida Shahzoda Yigitaliyeva (Farg‘ona), Farangiz Abdunabiyeva (Toshkent sh.), Feruza Sobirova (Namangan), Dilafro‘z Mamajonova (Namangan), Sevara Sajenova (Qoraqalpog‘iston),Gulkumar Jannazarova (Toshkent v.), Sabohat Sheraliyeva (Farg‘ona) chempionga aylandi.

Shuningdek erkaklar o‘rtasida erkin yo‘nalishda ham bir qator polvonlar g‘olib bo‘ldi.
Bellashuvlar so‘nggida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA