Avval xabar berilganidek, paralament quyi palatasining navbatdagi “Hukumat soati”da jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatlarning savollariga sport vaziri Adham Ikromov javob berdi.

Muhokamalarda deputat S.Azimov sohada korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotani bilan qiziqdi. Bunga javoban vazir quyidagilarni qayd etdi:  

— Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi qurol raqamlashtirishdir. Bu borada soha tashkilotlarida tizimli ishlar qilindi. Jumladan, vazirlik huzurida “Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yilib, so‘nggi uch yilda 24 ta yo‘nalishdagi axborot tizimlarini o‘zida birlashtirgan “ERP-Sport” yagona elektron platformasi ishga tushirilgan. 

Sport pasportlarini berishda ham yagona darcha orqali, inson omilisiz berish yo‘lga qo‘yildi.  

Sohada munosib oylik bo‘lishi kerak. Bu borada ham muayyan ishlar qilinyapti. Yaxshi trenerlarimiz 4,5 milliondan 10-11 milliongacha oylik olishadi. Qishloq, tuman sharoitida bu yaxshi natija. Munosib maosh, munosib rag‘batlantirish korrupsiyaning oldini oladi, albatta. 21 ta vazirlik orasida Sport vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha reytingda 4-o‘rinda turadi. Vazirligimiz korrupsiyadan xoli tashkilotlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichlar bilan ko‘tarilmoqda, — dedi vazir.  

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir: munosib maosh korrupsiyaning oldini oladi