Qozog‘istonda para dzyudo bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionatida dunyoning 38 mamlakatidan kelgan 300 nafar polvon o‘zaro raqobatlashmoqda.

Musobaqaning navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar vakili tatamiga ko‘tarildi. Quvonarlisi, ushbu polvonlar orasida vazni -60 kg. bo‘lgan Uljon Amriyeva J1 toifasidagi bahslarning barchasida g‘alaba qozondi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek , -64 kg. vazndagi dzyudochilar orasida Kemran Nurillayev (J2) ham delegatsiyamiz hisobiga oltin medal keltirdi.

Jahon chempionatida finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etgan Sherzod Namozov (-64 kg. J2) va Davurxon Karomatov (-95 kg. J2) kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Mohinur Farmonova (+70 kg. J2) bronza medaliga ega chiqdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para dzyudochilarimiz jahon chempionatida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi