Xitoyda o‘tayotgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining erkaklar o‘rtasidagi 109 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarida Akbar Jo‘rayev hamda Sharofiddin Amriddinov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, chempionatda Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishda 183, siltab ko‘tarishda 223 va ikkikurash yakuniga ko‘ra, jami 406 kg. natija qayd etgan holda 3 ta oltin medalga ega chiqdi. Sharofiddin Amriddinov esa dast ko‘tarishda 181, siltab ko‘tarishda 214 va ikkikurash hisobiga ko‘ra 395 kg. natija bilan 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.  

Shuningdek, musobaqada Tursunoy Jabborova o‘z vazn toifasida dast ko‘tarishda 108 kg. og‘irlikdagi toshni bo‘ysundirib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akbar polvon Osiyo chempionatida 3 ta oltin medalli bo‘ldi