Afrika qit’asining Seyshel oroli poytaxti Viktoriya shahrida sohil futboli bo‘yicha o‘tkazilgan XIII jahon chempionatida milliy terma jamoamiz qatnashmagan bo‘lsa-da, o‘zbekistonlik mutaxassis ishtirok etgani sababli bir necha bor Vatanimiz nomi jarangladi.

O‘zbekistonlik FIFA referisi Naim Qosimov Hind okeani qirg‘oqlaridagi 155 ta orol jamlanmasidan iborat xushhavo va xushmanzara maskanda o‘tgan jahon birinchiligi bahslarini boshqarib bordi.   

Chempionatda16 ta mamlakat milliy terma jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Braziliya terma jamoasi yettinchi bor chempionlikni tantana qilgan jahon birinchiligining 9 ta bahsida FIFA referisi Nayim Qosimov faoliyat yuritdi.   

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, N.Qosimov o‘n bir kun mobaynida o‘tgan guruh bahslarining bittasida (Salvador – Italiya – 0:5) bosh hakam, beshtasida bosh hakam yordamchisi sifatida ish olib bordi. Belarus – Eron (4:3) o‘rtasidagi chorak finalda, Portugaliya – Braziliya terma jamoalari qarama-qarshiligidagi yarim finalda hamda Senegal – Portugaliya (2:3) terma jamoalari o‘rtasida 3-o‘rin uchun kechgan murakkab o‘yinlarni nazorat qilishda ishtirok etdi.   

T. Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: jahon chempionatida O‘zbekiston nomi jarangladi