Milliy qadriyatlarimiz

Nurota tog‘ tizmalarining oftobro‘y tomonida yoz fasli ertaroq boshlanadi. Garchi taqvim bo‘yicha may oyi bahor hisoblansa-da, bu yerda yoz nafasi barvaqt keza boshlaydi.Mashhur dostonchi baxshi Ergash Jumanbulbul o‘g‘li merosini o‘rganish va targ‘ib qilishga bag‘ishlangan anjuman kunlarida ham shunday bo‘ldi. Oftob ertalabdanoq qizdira boshladi. “Jo‘sh” mahalla fuqarolar yig‘ini markazidagi dam olish va istirohat bog‘ida tashkil etilgan anjuman doirasidagi “Milliy qadriyatlar va milliy taomlar” ko‘rgazmasiga qiziqish kattaligi bois tashrif buyurgan mehmonlarning keti uzilmadi. Mezbonlarning sa’y-harakati bois bog‘ chinakam ochiq osmon ostidagi muzeyga aylangan edi. Turnaqator o‘tovlar, chodirlar, tandiru o‘choqlar, turli-tuman asori-atiqalar. Xullas, o‘zingizni moziyga kirib qolgandek his qilasiz. Dasturxonlardagi taomlar ham g‘alatiroq: yo ilgari ko‘rmagansiz, yo dabdurustdan nomini eslay olmaysiz.

Shunday taomlardan biri yonida turgan ikki yoshdan so‘radim:

–Mana bu taomning nomini bilasizlarmi?

–Nonpalov bo‘lsa, kerak,– dedi biri ikkilanib. Hamrohi esa yelkasini qisdi.

Shu onda yarq etib bolaligim yodimga tushdi. Rahmatli onajonim har gal non pishirganda bizga ana shu taomni tayyorlar edilar. Tandir otashidan burqsigan yuzlari, peshonasidagi shoda-shoda ter va ko‘zlari chaqnab turgan siymosi xayolimda bir zum jonlandi. O‘shanda uyimiz tandirdan endi uzilgan, qizarib pishgan, ishtahani qitiqlaydigan non hidiga to‘lib ketardi. Onajonim taomni qanday tayyorlaganini eslay olmadim, ammo uning mazasi esimda qolgan ekan: og‘zimning so‘lagi qochdi... 

–Buning nomi– yanchimich,– degan so‘zlardan hushimga kelib, xayolimni yig‘ishtirdim. Ro‘paramda ko‘hlikkina juvon jilmayib, bolaligimni yodga solgan taomni likopchada tutib turardi. Ko‘rgazmadagi dasturxon sohibasi Qo‘shrabot tumanidagi “Urganji” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli Shoira Mavlonova ekan. U bizga yanchimich tayyorlash sirlarini so‘zlab berdi.

–Bu taom tandirdan yangi uzilgan issiq nonlardan tayyorlanadi,–dedi u allaqanday hayajon bilan.– Bir-ikkita non yog‘och tovoq yoki sirli tog‘oraga maydalab ushatiladi. Keyin ustiga bir pishim (400–450 gramm) qizdirilmagan sariyog‘ solinadi va aralashtirilib, qo‘l bilan changallab, obdon mijg‘ilanadi. Bunda yaxshi pishgan non mag‘zi bir biriga yopishib qolmaydi, aksincha uvoq-uvoq holatga keladi. So‘ngra idish qalin mato bilan 20-30 daqiqa o‘rab qo‘yiladi. Ana shunda nonning qattiq bo‘laklari ham yumshaydi va tanovulga tayyor bo‘ladi.
Yanchimichning mazasiga gap yo‘q. Nonga sariyog‘ surib yeyishni xush ko‘ruvchilar ham bunga tan berishi tayin. Mabodo, yonimizda Nasriddin Afandi bo‘lgandi edi, shubhasiz, “Bu taomni yemabsiz–dunyoga kelmabsiz”, degan bo‘lardi. 

Norbobo Shakarov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolaligimni eslatgan taom