Yaponiya ilg‘or texnologiyalar sohasida yana bir muhim qadam tashladi. Mamlakat kosmik quyosh elektr stansiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda Pubity nashri xabar berdi.
Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, insoniyat ilk bor energiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri koinotdan olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday texnologiya yer yuzida quyosh nuri yetib bormaydigan hududlarda ham barqaror energiya ta’minotini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Kosmik quyosh elektr stansiyasi quyosh nurlarini yer orbitasida to‘playdi va ularni mikroto‘lqinli signal yoki lazerni uzatish orqali yerga yetkazadi. Bu usul havoning bulutli yoki tumanli bo‘lishidan qat’i nazar, doimiy va barqaror energiya manbai sifatida xizmat qilishi mumkin.
Yaponiyaning bu boradagi yondashuvi — energiya tanqisligi, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit muhofazasi kabi global muammolarga innovatsion yechim topishga qaratilgan. Ayni paytda sinovlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Muvaffaqiyatli natijalar kelajakda kosmik energiya infratuzilmasining keng joriy etilishiga yo‘l ochishi mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/c79-vX-fczM" title="Koinotdan kelayotgan quvvat" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA