FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yetishtirilgan dastlabki pilla hosili “Uchqo‘rg‘on Silk” klasteriga topshirildi. Tumanda joriy yilda 3970 quti ipak qurti urug‘i parvarishlanib, 238 tonna “kumush tola” topshirish rejalashtirilgan.
Ayni paytda tumanda pilla terimi qizg‘in sur’atda davom etmoqda. Bugun 10 nafar pillakor o‘z hosilini topshirdi va hosil puli tarozi tepasida to‘lab berildi.
[gallery-23346]
Peshqadamlikni an’anaga aylantirgan tumanning “Uchko‘prik” mahallasi pillakorlari bu yilgi mavsumda ham faollik ko‘rsatib, ilg‘orlar sifatida e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, shu mahallada yashovchi Feruza Isaqova, Karima Hamroyeva, Naima Hamroyeva va Gulxumor Qozoqova o‘z oilalari bilan birga 14 quti qurt boqib, rejadan ortiq hosil yetishtirdilar.
Tuman rahbariyati pillakorlar xonadoniga borib, sovg‘alar ulashdi va xirmonga baraka tilashdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA