Bugun, 14 may kuni Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida davom etayotgan “Superbet Chess ClassicRomania-2025” turnirining 7-turida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov polshalik Yan-Krishtof Duda bilan kuch sinashadi.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 350 ming AQSH dollaridan iborat xalqaro turnirning kecha o‘tkazilgan 6-turida Nodirbek fransiyalik Maksim Vashe-Lagravga qarshi qora donalarda harakatlandi.

Uchrashuvning ilk dona surishlaridanoq turnirda yetakchilar qatorida borayotgan Fransiya vakili 6-yurish holatidan durangga “rozi” ekanligini ko‘rsatdi va tomonlar 0,5 ochkodan bo‘lishib olishdi.

Mazkur turda o‘tkazilgan 5 ta “duel”ning 4 tasida murosa yo‘li tanlangan bo‘lsa, faqat oq donalarda Alireza Firuzdja va jahon chempioni Gukesh Dommaradju qarama-qarshiligidagi bahsda fransiyalik shaxmatchi ustunlikka ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 9 ta turdan iborat xalqaro turnirda g‘oliblikka erishgan shaxmatchi 100 ming, shuningdek bahslarda dona surayotgan qolgan 9 nafar shaxmatchi egallagan qatoridan kelib chiqib, belgilangan mukofot pullari bilan taqdirlanadi.

Turnir 16 maygacha davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiyalik shaxmatchi bilan durangga erishgan Abdusattorov Polsha vakili bilan kuch sinashadi