O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yildagi tegishli qarori bilan ambulator davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan 14 toifadagi shaxslar ro‘yxati belgilangan.
2025 yilning birinchi choragida mazkur ro‘yxatdagi shaxslarga “Dori-darmon“ aksiyadorlik kompaniyasi va uning tizimidagi jamiyatlarga qarashli dorixonalar orqali 7 mlrd. 446 mln. so‘mdan ortiq dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berilgan.
Bundan tashqari, ushbu davr davomida kompaniya va uning tizimidagi jamiyatlarning reimbursatsiya dasturiga ulangan dorixonalar orqali jami 1 mlrd. 278 mln. so‘mlik dori vositalari bemorlarga elektron retsept orqali bepul yetkazildi.
Ma’lumot uchun, reimbursatsiya dasturi doirasida gipertoniya va yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan dispanser nazoratida turgan bemorlar oilaviy shifokorlariga murojaat etib, elektron retsept asosida dorixonalardan 27 turdagi dori vositalarini bepul olishlari mumkin
O‘zA