Vatanimiz tarixidagi 14 may sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1429 yil (bundan 596 yil oldin) – tarixchi Fasih Ahmad Xavofiyning qayd etishicha, temuriylar hukmdori Shoxruh Mirzo Bistomda tasavvuf shayxi Shayx Abulhasan Xaraqoniy mozorini ziyorat qildi. Abulhasan Xaraqoniy o‘ninchi asrning ikkinchi yarmida tug‘ilib, 1034 yilda vafot etgan. Abusaid Abulxayr, Abu Ali ibn Sino, Nosir Xusrav, hatto Sulton Mahmud G‘aznaviy uni ziyorat qilib, fayzli suhbatidan bahramand bo‘lishgan. Abusaid Abulxayr uning xonaqohida olti oy qolib ketib: “Men oddiy g‘isht edim, Xaraqonga borgach, gavhar bo‘lib qaytdim”, deb lutf etadi. Xaraqoniyning hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlar, hikmatli so‘zlari va she’rlaridan namunalar shayxning shogirdlari tomonidan tartib berilgan “Nur ul-ulum” (“Ilmlar nuri”) kitobida jamlangan. 

1899 yil (bundan 126 yil oldin) – Toshkent sud palatasi va okrug sudining tantanali ochilish marosimi bo‘ldi. Toshkent sud palatasi Rossiya imperiyasining 14-palatasi bo‘lib, u Turkiston o‘lkasining barcha sud organlari faoliyatini boshqarar va nazorat kilar edi.

1905 yil (bundan 120 yil oldin) – Uyg‘un taxallusi bilan ijod qilgan O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi Rahmatulla Otaqo‘ziyev tavallud topdi (vafoti 1990 yil). U 1939 yilda yaratilgan birinchi o‘zbek baleti – “Gulandom” librettosi muallifi hisoblanadi. 

Uyg‘un 1942 yilda Izzat Sulton bilan hamkorlikda ulug‘ o‘zbek shoirining 500 yilligiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy” dramasini yaratdi. Urushdan keyingi yillarda sahna yuzini ko‘rgan “Alisher Navoiy” dramasi keng tomoshabinlar ommasining Navoiyni kashf etishi va ulug‘ shoirga muhabbat tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilishida, shuningdek, o‘zbek adabiyotida tarixiy-biografik drama janrining taraqqiyotida muhim ahamiyatga molik bo‘ldi.

1918 yil (bundan 107 yil oldin) – Turkiston Xalq Komissarlar Kengashining buyrug‘iga asosan respublikada umumiy maktabni tashkil etishga kirishildi. Turli tipdagi o‘quv yurtlari “ular o‘qishni xohlaydiganlar uchun yoshi, millati, qaysi dinga e’tiqod qilishidan qat’i nazar guvohnomalarsiz” ochiq qilib qo‘yildi.

1920 yil (bundan 105 yil oldin) – Turkistonda sovet rejimiga qarshi kurash harakati namoyandalaridan biri, Muvaqqat Farg‘ona hukumati raisi Madaminbek (1892–1920) Sovet qo‘mondonligi tomonidan muzokaralar o‘tkazish uchun qo‘rboshilar orasiga yuborilgan paytda Xolxo‘ja Eshon buyrug‘i bilan qirg‘izlarning Qorovul otlog‘i atrofida xiyonatkorona o‘ldirildi.

1928 yil (bundan 97 yil oldin) – O‘zbekiston Markaziy Ijroiya qo‘mitasi va Xalq Komissarlar Kengashining qaroriga asosan “Davlat yong‘in nazorati organi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizomga asosan O‘zbekiston hududida yong‘indan saqlash ishlariga umumiy rahbarlik qilish O‘zbekiston Xalq Komissarlar Kengashi huzuridagi Markaziy ma’muriy boshqarmaga yuklandi.

1930 yil (bundan 95 yil oldin) – akademik Naim Karimovning qayd etishicha, Botu raisligida bo‘lib o‘tgan Maorif xalq komissarligi hay’at yig‘ilishida “Qizil O‘zbekiston” va “Uzbekistanskaya pravda” gazetalariga ilova tarzida o‘qituvchilar uchun varaqalar chiqarish masalasi muhokamaga qo‘yildi va bu tashabbus ma’qullandi. Shundan keyin o‘qituvchilar uchun “Madaniy inqilob” (hozirgi “Ma’rifat”) nomi bilan maxsus gazeta nashr etila boshlangan. 

Shu tariqa o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida Botu taxallusi bilan ijod qilgan shoir va jurnalist Mahmud Hodiyev Maorif xalq komissari o‘rinbosari lavozimida ishlagan vaqtda “Ma’rifat” gazetasining tamaltoshini qo‘ydi. Shuni alohida qayd etish kerakki, u mazkur muassasada uzoq ishlamagan bo‘lsa-da, qisqa vaqt ichida maorif tizimini birinchi navbatda yuqori malakali pedagoglar bilan ta’minlash, keksa pedagoglardan maqsadli foydalanish, hunar-texnika bilim yurtlari soni va sifatini oshirishga qaratilgan qator tadbirlarni ishlab chiqdi. 

1942 yil (bundan 83 yil oldin) – arxeolog-tarixchi olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Edvard Rtveladze tavallud topdi (vafoti 2022 yil). U O‘rta Osiyo, Kavkaz, Kipr, Yaponiya va Fransiyada olib borilgan 80 dan ortiq ilmiy arxeologik ekspeditsiyalar ishtirokchisi. 2001 yilda “Buyuk xizmatlari uchun”, 2003 yilda “Mehnat shuhrati”, 2017 yilda “El-yurt hurmati” ordenlari va 2001 yilda Gruziyaning “Girsebis” (“Ritsarlik sharafi”), 2006 yilda Gretsiyaning “Buyuk Konstantin” ordenlari bilan mukofotlangan.

1964 yil (bundan 61 yil oldin) – shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon va pedagog Maqsud Shayxzoda Moskvadagi markaziy kutubxonada turk olimi Fuod Ko‘pruluzoda asarining “Turk klassik adabiyotida xususiy nazm shakllari” bobini ko‘zdan kechirayotib, Zahiriddin Muhammad Boburning Parij milliy kutubxonasida saqlanayotgan “Aruz risolasi” asari tavsifini uchratdi. Bu risolani Fuod Ko‘pruluzoda Parij milliy kutubxonasining Sharq qo‘lyozmalari katalogi bilan tanishayotgan vaqtida tasodifan aniqlaydi.

Saidbek Hasanovning qayd etishicha, bu ma’lumotlardan so‘ng Maqsud Shayxzoda o‘z maqolasida Hoji Muhammad Samarqandiy tomonidan ko‘chirilgan Boburning “Aruz risolasi” asarining nusxasi tasodifiy bir voqea bilan ma’lum bo‘lganini va tafsilotini keyinchalik xabar qilajagini e’lon qilgan. Boburning katta ahamiyatga molik bu yirik asari haqida mukammal va chuqur ilmiy ish yozish orzusida bo‘lgan Maqsud Shayxzoda o‘z niyatlarini amalga oshira olmay bevaqt olamdan ko‘z yumdi.

1994 yil (bundan 31 yil oldin) – respublika o‘quv yurtlariga abituriyentlarni test usulida tanlash sohasida yagona davlat siyosatini ta’minlash maqsadida va oliy o‘quv yurtlari abituriyentlarini test sinovidan o‘tkazishning ijobiy tajribasini e’tiborga olib Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Davlat test markazi (hozirgi Bilim va malakalarni baholash agentligi) tashkil etildi.

1996 yil (bundan 29 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Bosniya va Gersegovina Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini o‘rnatdi.

2014 yil (bundan 11 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ma’rifat” gazetasining tamaltoshini qo‘ygan jurnalistni bilasizmi?