Prezident tashrifidan so‘ng...

Mehmonlar o‘tirgan poyezd qadim kentga yetib keldi. Xiva vokzali shunday bunyod etilganki, odamlar bu manzildan chiqiboq tarix bilan yuzma-yuz bo‘ladi go‘yo.

Urganch – Xiva yo‘nalishi bo‘yicha o‘ttiz kilometrlik temir yo‘l yotqizilib, mana shu zamonaviy vokzal barpo etilganiga ham yetti yil bo‘ldi. O‘tgan qisqa davrda hududda zarur infratuzilma inshootlari, yo‘l o‘tkazgich va ko‘priklar qurilgani odamlarga katta qulaylik yaratdi. 

Shaharga sayyohlarni ko‘proq jalb etish, hududning turizm salohiyatidan samarali foydalanishda bu kabi inshootlarni talab darajasida saqlash, takomillashtirib borish zamonning talabi sanaladi.

Vokzalda bir vaqtning o‘zida ikki yuz nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati bor. Zamonaviy maxsus zallar, tibbiyot xonalari tashkil etilgan. Sayyohlar uchun axborot beruvchi belgilar, elektron doskalar o‘rnatilgan. Vokzaldagi mehmonxona esa tashrif buyuruvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

Yaqinda vokzal oldida – Qumyaska, Kaptarxona, Angarik va Gazchi mahallalarini shahar markazi bilan bog‘lovchi avtomobil yo‘l o‘tkazgich va yer usti piyodalar o‘tish yo‘li qurilishi yakuniga yetkazildi.

– Vokzalga yaqin mahallada yashayman, – deydi Ahmadjon ota Matyoqubov. – Ushbu yangi qurilgan avtomobil yo‘l o‘tkazgich olti-yetti kilometrlik aylanma masofani qisqartirib, odamlarning vaqti va naqdini tejashga xizmat qilmoqda. Farzandlarning ishi, nabiralarning maktab-bog‘chasi sabab ko‘p yillardan buyon yonimizdagi shahar markaziga aylanma yo‘l bilan borishga majbur edik. Endi jamoat transportlari uchun ham turli ovoragarchiliklar yuzaga kelmaydi. Bunday bunyodkorlik ishlari ham aholiga qulaylik yaratishga, ham shaharning qiyofasini yanada chiroyli qilishga xizmat qilmoqda. 

Bu loyiha amalga oshirilishining muhim tomoni endi shahar aylanma yo‘li qayta tiklandi. Natijada markazda yuk mashinalari oqimi kamaydi. Sayyohlarga turistik ob’ektlarga oson borish uchun qulaylik yaratildi.

Keyingi yillarda Xorazm viloyatida, xususan, Xiva shahrida amalga oshirilayotgan yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish ishlari viloyat turizm sohasiga yangi shiddat baxsh etmoqda. Xivaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yilgani, shahar ichkarisigacha avtotransport uchun yangi yo‘llar barpo etilayotgani, qatnovi osonlashgan zamonaviy avtobuslar harakati – barchasi mehmonlar uchun yanada katta qulaylik yaratmoqda.

Bu o‘zgarishlar Xiva kabi yuksak tarixiy va madaniy merosga ega shaharda bo‘layotgani e’tiborga molik. Temir yo‘l orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib kelish imkoniyati mavjudligi sayyohlar soni ortishiga sabab bo‘lmoqda. 

– Men yurtingizga o‘n yillar oldin kelganman. – deydi germaniyalik sayyoh Yoxannes Mann. – Ilgari Xivaga kelish biroz murakkab edi. Shu sababli Samarqand, Buxoro va Urganchdan qaytganman. Xivagacha temir yo‘l qatnovi joriy etilgani safarimizni ancha yengillashtirdi. O‘shanda ochiq osmon ostidagi muzey shaharga kelishga vaqt topmaganimdan afsuslanib ketdim. Hammasi juda ajoyib. “Arda Xivada” olgan taassurotlarim esa alohida mavzu. Xivada barcha infratuzilma sayyohlar uchun yaxshi o‘ylangan. Mehmonxonalar, yo‘llar, madaniyatli haydovchilar, yo‘lboshchilar, elektron xaritalar... Umuman Xivada turizm xizmatlari yuqori saviyada ekan. Men bilan kelgan do‘stlarim bu safardan juda mamnunmiz.

Xorazmda bu kabi o‘zgarishlar bardavom bo‘ladi. Bu fikrimizni shu yilning mayida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda keltirilgan ba’zi raqamlar misolida asoslaymiz.

Tadbirkorlar bilan birgalikda bu yil viloyatga 80 ta, keyingi yil yana 20 ta zamonaviy avtobus va 50 ta mikroavtobus olib kelinadi. Qo‘shko‘pir, Xonqa, Yangibozor, Xiva shahrida to‘rtta yangi avtostansiya qurilishi, yil yakunigacha 10 ta yangi zamonaviy trolleybus xarid qilinishi belgilandi.

“Buxoro –Xiva” temir yo‘lini elektrlashtirish yakunlandi. Natijada yo‘lovchi tashish 500 mingdan 3,3 millionga, yuk tashish 1,1 million tonnadan 5,8 million tonnaga yetadi.

Mutasaddilarga kelgusi yilda oltita tezyurar elektropoyezd olib kelish topshirildi. Natijada Toshkentdan Urganchga yetib kelish 14 soatdan 7 soatga, Buxorodan Xivagacha esa 6 soatdan 3 soatga qisqaradi.

Shu yil Gurlanda yangi temir yo‘l vokzali qurilishi, Hazoraspdagi vokzal rekonstruksiya qilinishi belgilandi.

Ikrom AVVALBOEV, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadimiy shaharlarimizdagi o‘zgarishlarni aholi va sayyohlar e’tirof etmoqda