Bugun, 13 may kuni Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida klassik shaxmat bo‘yicha davom etayotgan "Superbet Chess Classic Romania-2025” turnirining 6-tur bahslari bo‘lib o‘tadi.

Mazkur turda Abdusattorov qora donalarda fransiyalik Maksim Vashe Lagrav bilan kuch sinashadi. Turnir jadvalida 3 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 2-o‘rinda borayotgan Lagrav bilan o‘tadigan “jang” aytish lozim, hamyurtimiz uchun sovrindorlar qatoridan joy olish yo‘lida muhim sanaladi.  

Musobaqada peshqadamlik qilayotgan AQSH vakili Fabiano Karuana hamda 3-o‘rindan joy olgan hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxa hisobida ham 3 ochkodan mavjud.  

Turnir jadvalining 7-8-9-pog‘onalarida borayotgan Nodirbek Abdusattorov, polshalik Yan-Kshishtof Duda va hindistonlik jahon chempioni Dommaradju Gukesh  2 ochko bilan kifoyalangan.  

"Superbet Chess Classic Romania-2025”ning ortda qolgan 5 ta tur o‘yinlarining birontasida g‘alabaga erishmagan Nodirbek bugungacha 3 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat holatida bahslarni davom ettirmoqda.  

Mukofot jamg‘armasi 350 ming AQSH dollaridan iborat nufuzli musobaqaning bugun o‘tkaziladigan 6-turida Fabiano Karuana bir kun muqaddam o‘tgan 5-turda Abdusattorov bilan durang o‘ynagan ruminiyalik Bogdan-Daniel Dikka qarshi dona suradi.  

9 ta turdan iborat xalqaro turnirda g‘oliblikka erishgan shaxmatchi 100 ming, 2-o‘rinni band etgan ishtirokchi 65 ming, 3-o‘rin sohibi 48 ming AQSH dollari bilan, shuningdek bahslarda qatnashayotgan 9 nafar shaxmatchi egallagan qatoridan kelib chiqib, belgilangan mukofot mablag‘lari bilan taqdirlanadi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Superbet Chess Classic Romania-2025": bugun Abdusattorov Fransiya vakili bilan kuch sinashadi