Har qanday mamlakatning iqtisodiy qudrati og‘ir sanoatining qanchalik rivojlanganiga qarab belgilanganidek, har qanday milliy adabiyotning insoniyat estetik tafakkuriga qo‘shgan hissasi ham undagi romanchilikning salmog‘i bilan tayin etiladi. Chunki roman millat badiiy tafakkurining taraqqiyot darajasini namoyon etadi.

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada yozuvchi Salomat Vafoning “Xorazm malikasi Dorova” romani, ”Dunyoning siri” va Turkiyada chop etilgan “Unutilan kadin” kitoblarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Salomat Vafo asarlari, xususan hikoyalari tilining ravonligi, badiiy zarofati, o‘ziga xos uslubi bilan kitobxon e’tiborini tortadi. U ayniqsa o‘zi tug‘ilib o‘sgan qadimiy va navqiron Xorazm zamini, uning san’atsevar, mehnatkash, irodasi metin qoyaday mustahkam odamlarini o‘zgacha mehr bilan tasvirlaydi.

Bu hikoya va romanlarning ichida yuzlab odamlarning qalb chinqiriqlari, ruhiy hayqiriqlari, hayotga boy muloqotlari bor. Yozuvchi biror saksovul yoki barhanlar haqida gapirar ekan, oddiy shu holatlarda ham o‘tmish tafsilotlarini ko‘rasiz, saksovullar shunchaki bugungi emas, Najmiddin Kubromi, Ogahiyningmi zamonidan bugungi tabiiy borliqqa vosila qilinganligini hissan anglagandek bo‘lasiz.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/KFg54Kl9_NY?si=1zjhUkkDnvIvAMMg" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, I.Ismatov  O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozuvchi Salomat Vafo kitoblari taqdimoti o‘tkazildi (+video)