Urgut tumanidagi Tersak mahallasiga “turizm qishlog‘i” maqomi sertifikati topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Turizm qo‘mitasi raisi U. Shodiyev, Samarqand viloyati va Urgut tumani hokimliklari mas’ullari ishtirok etdi. 

[gallery-23291]

Tersak Taxti qoracha dovoni yoqasida, tog‘lar orasida joylashgan mahalla. To‘rt qishloqdan iborat mahallaning go‘zal tabiati, musaffo havosi kishini o‘ziga rom etadi. Tersakka 2021 yilda turizm qishlog‘i maqomi berilib, hudud infratuzilmasi yaxshilandi, yangi mehmon uylari tashkil etildi, har bir xonadonda sayyohlarni qabul qilish uchun sharoit yaratildi. Bugungi kunda hududda 32 ta mehmon uyi mavjud. O‘tgan yil 10 ming nafar xorijlik, 25 nafar mahalliy sayyoh kelgan. Joriy yilda ushbu raqamlar yana ham yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Buning uchun sayyohlarga qulay sharoit, ularning qishloqda bo‘lish vaqtini uzaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Yangi mehmon uylari, dam olish maskanlari faoliyat boshlamoqda.

Turizm qo‘mitasi rahbari mehmon uylarida bo‘lib, ular faoliyatini takomillashtirish, sayyohlar uchun qo‘shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratish yuzasidan tavsiyalar berdi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tersak rasman “turizm qishlog‘i” bo‘ldi