Bugun sayyoramizda biror bir mamlakat yo‘qki, ekologik muammolar tahdididan butunlay xoli, iqlim o‘zgarishlarining salbiy ta’siridan chetda bo‘lsa. Chegara bilmas ekologik tahdidlar mamlakatlarning barqaror rivojlanishiga, insonlarning yashashiga, hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, tabiiy muvozanatni izdan chiqarmoqda.

Shuning uchun ham aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar taraqqiyot o‘zanlarini «yashil» yo‘l tomon burmoqda. Boshqacha aytganda, tabiat bilan hisoblashish, ekologik muammolar yechimi sari hamkorlik rishtalarini bog‘lash sari qadam qo‘ymoqda.

O‘zbekiston esa bu yo‘l tomon ancha ilgariroq dadil yurishni boshladi. Mamlakatimiz nafaqat ekologik muammolarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘p yillik taraqqiyot strategiyasini shakllantirdi, balki xalqaro maydonda bu borada o‘z so‘zi va tashabbuslarini dunyo hamjamiyatiga ayta boshladi. Binobarin, bugun O‘zbekiston yaqindagina mustaqillikka erishgan davlat emas, balki mulohazakor, uzoqni ko‘rib ish yuritadigan donish mamlakat sifatida ko‘proq namoyon bo‘lmoqda.

Bu fikrni tasdiqlash uchun oxirgi 7 yil mobaynida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 11 ta rezolyutsiya qabul qilinganini ta’kidlashning o‘zi kifoya.

Ularning birinchisi har tomonlama dolzarb va ahamiyati jihatidan o‘ta ustuvor o‘rin tutadigan hujjat bo‘lib, «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida»gi rezolyutsiyadir. Nomlanishidan ayon bo‘lib turibdiki, 2018 yil 22 iyunda qabul qilingan bu hujjat barqaror taraqqiyot, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash uchun mintaqamiz mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgandir. Bunda avvalo qo‘shni davlatlar bilan aloqalarda o‘zaro hurmat va ishonch, ochiqlik, mushtarak manfaatdorlik kabi masalalarga alohida urg‘u berilgani bugun Markaziy Osiyoda tobora mustahkamlanib borayotgan do‘stona ruhda ham ko‘rinib turibdi.

Iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi aloqalar mamlakatlardagi manfaatdor tomonlar sa’y-harakatlari bilan rivojlanib boraveradi. Lekin siyosiy hamjihatlik bo‘lmasa, bu ikki soha turli sun’iy to‘siqlar bilan chegaralanib, mo‘rtlashib boradi. O‘zbekiston mazkur rezolyutsiyani tashabbus sifatida ilgari surganda, xuddi mana shu jihatlarning hammasini inobatga olib, keng tafakkurga, adolat va birodarlik tamoyillariga asoslanib ish tutgan.

Aynan O‘zbekiston tashabbusi bilan bugungi kunda Markaziy Osiyo yadro qurolidan xoli hudud hisoblanadi. Endi 2018 yilgi rezolyutsiya bilan tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash bilan birga, radiatsiyaviy tahdidlarning oldini olish, barqaror energiya tranzitini qo‘llab-quvvatlash kabi йўналish­ларda zarur choralar ishlab chiqilmoqda.

Hujjatda suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va biologik xilma-xillikni muhofaza qilishga alohida o‘rin berilgani O‘zbekiston siyosatining yana bir nozik jihatini ochib beradi. Ekologik masalalar davlatning va xalqimizning doimiy 
e’tibori markazida bo‘lishining sababi faqat Orol inqirozi emas. Yillar davomida tabiatning ovoziga quloq tutmaslik, eshitmaslik faqatgina dengizni jar yoqasiga olib borib qo‘ygani yo‘q, balki butun O‘zbekiston ekologiyasini muvozanatdan chiqardi. Iqlimning o‘zini misol qilib oladigan bo‘lsak, yoshi ulug‘lar ilgari yoz ham boshqacha, qish ham бош­қача bo‘lganini, «anomal» haroratlar allaqanday tashqi ta’sirlar tufayli o‘nlab yillar davomida tasodifan bir-bir kelib qolganini, issiq va sovuq mo‘’tadil bo‘lganini aytadi.

Onalik va bolalikni himoya qilish, ko‘plab kasalliklarning «debochasi» bo‘lmish yod tanqisligining oldini olish, sahrolashish va sho‘rlanishni kamaytirish kabi yo‘nalishlardagi muammolar ham birinchi нав­батda ekologiyaga borib taqaladi. Binobarin, atrof-muhit muhofazasi haqida so‘z borar ekan, bu ham xavfsizik va barqarorlik singari alohida bir davlatning sa’y-harakatlari bilan hal qilinadigan masala emas. Demak, bu jabhada ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun xalqaro miqyosda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish zarur.

O‘zbekiston tashabbusidagi birgina ekologiya sohasiga oid mana shu qismning o‘ziyoq mamlakatimiz rahbarining nechog‘li oqilona va uzoqni ko‘zlab ish tutayotganidan dalolat beradi. Shu birgina jihatda maqsadlarning ko‘lam va qamrovi nihoyatda keng ekani yaqqol ko‘rinib turibdi.

2018-2019 yillarda BMT Bosh Assambleyasining «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik», «Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror ривож­ланish» rezolyutsiyalari qabul qilindi. Ma’rifat sohasiga ekologik madaniyat kirishi, sayyohlik esa atrof-muhit ozodaligi (ekoturizm) va osori atiqaning muhofazasini qamrashi yaxshi ma’lum. Shu jihatdan O‘zbekistonning bu ikki tashabbusida ham ekologiya uchun qayg‘urish, tabiatning dardiga quloq tutish va unga malham bo‘lish maqsadlari mujassamdir.

Yuqorida ta’kidlangan Orol inqirozi mintaqa davlatlarining eng og‘riqli nuqtalaridan biri hisoblanadi. Bir mahallar mavj urib turgan, baliqchilik, kemasozlik va boshqa turdosh sohalar barq urgan dengizning qurib borishi faqat uning o‘z fojiasi emas, ijtimoiy muammolarni qaynatib qo‘zg‘atadigan aks-o‘pqon ham bo‘ldi. Odamlar kasbu koridan ayrildi, salomatligini yo‘qotdi, genofond zarar ko‘rdi, Orolbo‘yidagi aholi og‘ir degradatsiyaga uchradi, hayvonot va nabotot olami yo‘qlik sari yuz tutdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev anchadan buyon dunyo ahli e’tiborini shu inqirozga qaratib keladi. Jumladan, BMT minbaridan ham. Nihoyat, 2021 yil 18 may kuni Bosh Assambleya «Orol dengizi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida»gi rezolyutsiyani qabul qildi.

Bu hujjat Orolbo‘yi hududini ekologik inqiroz zonasidan ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar maskaniga aylantirish hamda u yerda ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy va demografik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan mintaqaviy chora-tadbir va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Rezolyutsiyada BMTa’zolari Orolbo‘yi mintaqasida qo‘shma fanlararo tadqiqotlar o‘tkazish va ilmiy-innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga, bu yerdagi mahalliy va milliy loyihalarda qatnashish, jumladan, himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladigan iqlimga mos daraxtzorlar yaratishda ishtirok etishga da’vat qilinadi. Bu jarayonlarga BMT tizimidagi jamg‘arma, dastur va muassasalar, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlar jalb qilinadi.

«Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarni мuс­taҳкамлаш to‘g‘risida» 2022 yil 11 iyulda qabul qilingan rezolyutsiyada bevosita uning nomidan kelib chiqadigan masalalar va boshqa aloqador sohalar qatorida oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik muammolar va «toza» energiyadan foydalanish masalalariga katta e’tibor qaratilgan. Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va ekologik barqaror texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish muhim vazifa etib belgilangan.

O‘sha yil 10 noyabr kuni yana bir hujjat – «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi rezolyutsiya qabul qilindi. O‘ylaymizki, bu mavzuning ortiqcha izohga ehtiyoji yo‘q – demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etayotgan har qanday mamlakatda hokimiyat bo‘g‘inlaridan biri bo‘lmish qonun chiqaruvchi organning ishtirokisiz yo nazoratisiz hech bir muhim ishga qo‘l urilmaydi. Insoniylik mezonlariga tayanadigan barcha davlatlarda «yashil» harakat yo «yashil» partiya bor. Ularning parlamentdagi ta’siri ortib borishi, o‘z ovoziga ega fraksiyasi faoliyat yuritishida ham O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga namuna ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Ekologik partiyasining barcha siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etayotgani, o‘tgan parlament saylovlarida partiyamiz o‘zining ilgarigi natijasini anchagina yaxshilashga erishgani ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Mamlakatimiz parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish asnosida ekologik muammolarning oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish, atrof-muhit muhofazasi masalalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga yangi yo‘l ochmoqda.

2023 yilning 19 dekabrida «Markaziy Osiyo ekologik muammolar qarshisida: Barqaror rivojlanish va farovonlik uchun mintaqaviy birdamlikni mustahkamlash» rezolyutsiyasi qabul qilindi. Bu mintaqamiz uchun bevosita ekologiya masalalari bilan bog‘liq eng nufuzli hujjatlardan biridir. U iqlim o‘zgarishi zamonamizning eng murakkab muammolaridan biri ekani va barqaror rivojlanish yo‘lida barcha mamlakatlar uchun ko‘p қийинчилик­лар tug‘dirayotganiga olamshumul rasmiy tasdiq bo‘ldi.

Rezolyutsiya Markaziy Osiyo, jumladan, Orolbo‘yidagi ekologik muammolarni hal etish, iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha choralar qabul qilishga ko‘maklashish uchun mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashni ko‘zda tutadi. E’tibor qaratilgan asosiy sohalar – qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligi, uni iste’mol qilish va ishlab chiqarishning oqilona modellarini joriy etish, o‘rmonlashtirish va o‘rmonlarni tiklash, chuchuk suv resurslaridan to‘g‘ri va ratsional foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash, energiya samaradorligini ta’minlash, sayyohlikni, jumladan, ekoturizmni rivojlantirish, «aqlli» shaharlar va «toza» transport infratuzilmalarini barpo etish, qurg‘oqchilikka chidamlilikni ta’minlash va yerlarning degradatsiyasiga qarshi kurashish. Hujjatga binoan, endilikda shu va boshqa aloqador йўналish­ларda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ilmiy-texnologik salohiyati xalqaro hamkorlik miqyosida mustahkamlanadi va rivojlanadi.

O‘zbekistonning yana bir tashabbusi bo‘lgan bu rezolyutsiya nafaqat mintaqamiz, balki butun dunyoda iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatishga xizmat qiladi. U orqali BMT o‘z tizimidagi tuzilmalar, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy muassasalar, xususiy sektor, investor va donorlarga Markaziy Osiyodagi ekologik muammolarni hal etishga resurs safarbar qilish va yordam ko‘rsatishni tavsiya etadi.

2024 yil ayniqsa ancha ilg‘or bo‘ldi. BMT Bosh Assambleyasi 2027 yilni Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili deb 
e’lon qilish, degradatsiyaga uchragan yerlarda o‘rmon hududlarini barqaror boshqarishga ko‘maklashish, ular hududi qisqarib ketishining oldini olish va o‘rmonlar yaratish, o‘rmonchilik bilan bog‘liq ekologik muammolarni samarali bartaraf etish to‘g‘risida rezolyutsiyalar qabul qildi.

Xalqaro sivilizatsiyalar muloqoti kunini belgilashdan ko‘zlangan maqsad madaniyatlar va sivilizatsiyalar xilma-xilligi sharoitida xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv, hurmat, ishonch va hamjihatlikni mustahkamlashdir. Bunday muloqot faqat tinchlik-totuvlik, bag‘rikenglik va taraqqiyotga xizmat qiladi.

Tabiiyki, bu jarayonda ekologiya masalalariga ham e’tibor qaratiladi. Negaki, ekologiya bobida xotirjam bo‘lmay turib boshqa ishni bajarish oson emasligini, ko‘p hollarda imkonsizligini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Qolaversa, tajriba, bilim, ko‘nikma va mahorat almashuvi ekologiya sohasi uchun ham juda muhim. Deylik, Niderlandiya dengiz sathidan pastda, suvdan himoyalanishga yaxshi o‘rgangan, bizda qurg‘oqchilik muammolari mavjud. Bir qarashda qarama-qarshi mavzulardek tuyulsa-da, asosi obi hayot – suv bo‘lgani uchun suvni boshqarish masalalarida birining bilgani qayerdadir albatta ikkinchisi uchun asqatadi.

Degradatsiya xususida ham shu yo‘sin fikr yuritish mumkin. Rezolyutsiyada imkoni bo‘lgan barcha manbalardan yangi yo qo‘shimcha resurslarni jalb etish, bu jarayonni faollashtirish, o‘rmon xo‘jaligining ilg‘or usullarini joriy etish, tegishli loyiha va dasturlarda ishtirok etishni kengaytirish kabi tadbirlar maqsad qilib belgilangan.

Ha, O‘zbekistonning BMT minbaridan turib ilgari surayotgan tashabbuslari Bosh Assambleya tomonidan katta xayrixohlik bilan qabul qilinmoqda. Buning mohiyatida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyovning uzoqni ko‘ra bilish siyosati, ko‘pchilikni tashvishga solib kelayotgan muammolarni kun tartibiga olib chiqa olish, amalda samara beradigan qarorlar qabul qilish, bir so‘z bilan aytganda, bo‘larli gapni aytish fazilati mujassamdir. Buning ahamiyatini, naqadar dolzarbligini, barcha mamlakatlar kelajagiga daxldorligini chegara bilmas ekologik muammolar ko‘rsatib turibdi. Tabiatning o‘zi butun insoniyatni, barcha millatlarni mana shunga da’vat etmoqda.

Abdushukur HAMZAEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

fraksiyasi rahbari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Rezolyutsiyalari: O‘zbekiston dunyoni tabiatning ovoziga quloq tutishga chaqirmoqda