Rasmiy tashrif bilan Tehron shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovni bugun, 12 may kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida xabar berilmoqda.

Muloqot avvalida, O‘zbekiston tomoni mamlakatimiz delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik uchun Eron yetakchisiga minnatdorlik bildirib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yo‘llagan samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda ikki davlat rahbarining qat’iy siyosiy irodasi tufayli o‘zaro hamkorlik keng qamrovli munosabatlar darajasiga ko‘tarilgani, oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi mintaqa barqarorligi uchun ham muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, hududlararo hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Yurtimiz delegatsiyasi Tehronga tashrifi doirasida Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyiga ham tashrif buyurib, energetika, tibbiyot va farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, IT, qurilish kabi sohalardagi ilg‘or mahsulot va ishlanmalar bilan tanishishdi.

Shuning bilan O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Eronga tashrifi yakunlandi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tehronda Eron Prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi