AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli joriy yilning 1–20 iyun kunlari, kirish imtihonlari esa iyul oyida o‘tkaziladi.

2025–2026 o‘quv yili uchun qabul kvotalari quyidagicha bo‘ladi:

– Prezident maktablarining 5-sinfига belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafarдан 24 nafar jami 336 nafar;

– ijod maktablarining 7-sinfига 440 nafar;

– Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 5-sinfига 24 nafar;

– Oksana Chusovitina nomidagigimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 1-sinfига 24 nafar;

– ixtisoslashtirilgan maktablarning aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlariga tegishliligi bo‘yicha 5- va 7-sinfларга 8 200 nafar. 

Zaruratga ko‘ra mazkur qabul kvotalariga Agentlik tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan hujjatlar onlayn shaklda:

  • my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
  • Agentlikning ariza.piima.uz rasmiy veb-sayti;
  • mobil ilova orqali qabul qilinadi.

O‘quvchilar faqat o‘zi ta’lim olayotgan maktab joylashgan hududdagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirishlari mumkin.

O‘quvchilarga Prezident hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablardan birini qo‘shimcha (alternativ) tanlash imkoniyati beriladi.

Shuningdek, ro‘yxati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan олимпиадаларининг uchinchi (viloyat) bosqichi yoki unga tenglashtirilgan bosqichida matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan g‘olib va sovrindor (1, 2, 3-ўринлар) bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘zi ta’lim oladigan hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul kvotasi doirasida kirish imtihonisiz qabul qilinadi.

O‘tgan o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Samarqand viloyatlarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab филиalлари tashkil etilgan bo‘lsa, 2025-2026 o‘quv yiliда Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Xorazm viloyatlarida tashkil etiladi.

Qolaversa, Toshkent viloyatining Chinoz туманида Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali tashkil etiladi. 

Ushbu maktablarga 2025-2026o‘quv yili uchun faqat shu hududning o‘quvchilari hujjat topshirishadi. Bu kabi maktablar kelgusi yillarda bosqichma-bosqich qolgan barcha hududlarda tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 10 ta, jumladan: 

  • Andijon viloyatining Buloqboshi, Jalaquduq, Paxtaobod;
  • Qashqadaryo viloyatining G‘uzor;
  • Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq;
  • Xorazm viloyatining Gurlan, Urganch, Bog‘ot tumanlari;
  • Farg‘ona viloyatining Farg‘ona va Quvasoy shaharlarida ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilmoqda.

Joriy yilgi qabul jarayonlarida 4-sinfни tamomlagan o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida hududidagi Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktabning aniq fanlar yo‘nalishi va mavjud bo‘lgan taqdirda o‘z hududidagi yoki Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfига; 6-sinfни tamomlagan o‘quvchilar hududidagi ixtisoslashtirilgan maktabning tabiiy fanlar yo‘nalishiga va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinfига ham alohida hujjat topshirishlari mumkin.

Prezident maktablariga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasidan qobiliyatli va iqtidorli (matematika va tabiatshunoslik fanlaridan o‘quv yilini a’lo baholarga tamomlagan) o‘quvchilarning hujjatlari qabul qilinadi.

Ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirish jarayonida baholar tabelida a’lo baholarning bo‘lishi talab etilmaydi.

Prezident maktablarining kirish imtihonlari 2 bosqichда Angliyaning Cambridge xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Birinchi bosqich — matematika fanidan (30 ta) test shaklida o‘tkaziladi. Birinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida e’lon qilinadi.

Birinchi bosqich natijasiga ko‘ra qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 nafarдан, har bir maktabga jami 480 nafar eng yuqori ball to‘plagan talabgorlar ikkinchi bosqichda ishtirok etishlariga ruxsat etiladi.

Ikkinchi bosqich  matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha jami 40 ta, ingliz tili fanidan grammatika va matn bilan ishlash bo‘yicha 40 ta test shaklida o‘tkaziladiIkkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida Agentlik va Cambridge xalqaro tashkilotiнинг rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Ijod maktablarining kirish imtihonlari esa davlat tilida (Qoraqalpog‘iston Respublikasida qoraqalpoq tilida), Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida chet tilida 3 bosqichда o‘tkaziladi:

birinchi bosqich — ijodiy matn yaratish;

ikkinchi bosqich — ijodiy suhbat;

uchinchi bosqich — ona-tili va adabiyoti fanidan 20 ta, ingliz tilidan 15 ta hamda intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha 15 ta jami 50 ta test sinovlari shaklida o‘tkaziladi. 

Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari Singapurning Marshall Cavendish Education xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda amalga oshiriladi:

aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha matematika fanidan 30 ta va ingliz tili fanidan 15 ta jami 45 ta test

tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha science fanidan 30 ta va ingliz tili fanidan 15 ta jami 45 ta test topshiriqlari asosida o‘tkaziladi.

Imtihon natijalari hamkor tashkilot bilan birgalikda tahlil qilinadi va imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida Agentlik hamda Marshall Cavendish Education xalqaro tashkilotining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul yuzasidan ma’lumot berildi