Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Art zamon media” kinostudiyasi tomonidan O‘zbekistonda ilk bor cho‘ponlar hayoti va faoliyatiga oid “Cho‘liq” nomli badiiy film suratga olinmoqda.

– Ilk bora katta loyihaga mustaqil qo‘l urishim, – deydi ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Jamoliddin Qo‘ziboyev.– Avvallari kinorejissyor Hilol Nasimov boshchiligida bir necha loyihalarda ishlaganman. Mana endi ijodiy jamoam bilan cho‘ponlar haqidagi kinokartinani suratga olmoqdamiz. Mazkur kinokartina orqali inson matonati, cho‘ponlarning kasbiga bo‘lgan sadoqati va shu bilan birga, halollik, poklik kabi fazilatlarni ko‘rsatamiz. Hozir suratga olish ishlari yakunlandi.

Filmning ayrim sahnalari Navoiy viloyatining Sentop turizm qishlog‘ida ham suratga olingan. Shuningdek, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro va Toshkent viloyatlarida ham s’yomka jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

– Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng, bu ekrandagi ilk katta ijodim bo‘lyapti, –  dedi aktyor Ulug‘bek Muhammadkarimov.– Akam Behzod Muhammadkarimov har tomonlama menga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib turadilar. “Cho‘liq” filmini ssenariysini o‘qiganimdayoq menga juda ma’qul bo‘ldi, meni sog‘ingan muxlislarim uchun bu kutilmagan ijodiy sovg‘a bo‘ladi, degan umiddaman.  

Hozirda filmning ovozlashtirish jarayonlari va montaj ishlari ketmoqda. Yaqin kunlarda katta premera bo‘lib o‘tadi.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Cho‘liq” – cho‘ponlar mehnatidan so‘zlovchi film