Har qanday xayrli ish ezgu niyatdan boshlanadi. O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan meva-sabzavotchilikda ham klaster tizimi barpo etilmoqda. Masalan, Jizzax viloyatida tinimsiz izlanish, fidokorona mehnat, niyatning ijobatiga ishonch tufayli urug‘chilikdan to chuqur qayta ishlashgacha bo‘lgan tizim yaratildi.

Siz “BMB HOLDING” haqida eshitgansiz, albatta. Uning mashhur brendi – za’faronni ham bilasiz. Ammo bu gal biz za’faron haqida so‘z yuritmoqchi emasmiz. “BMB HOLDING” Jizzax viloyatidagi oltita tumanda 30 ming gektar maydonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiradi va ularni qayta ishlovchi bir necha korxonalari bor. Bugun ular qatoriga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlaydigan yana bir korxona “BMB AGRO PLUS” ochilmoqda.

Darhaqiqat, bayram qilsa arzigulik voqea. Shuning uchun ham Sharof Rashidov tumanidagi mazkur majmua ochilish tadbiriga ishchi-mutaxassislar, hamkorlar, hamfikrlar yig‘ildi.

– 2019 yilda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan hukumat qarori asosida boshlangan jarayon mana bugun oxiriga yetdi, – deydi  “BMB HOLDING” Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov. – Loyihaning umumiy qiymati 1,5 trillion so‘mni tashkil etadi. Umumiy loyiha doirasida 2000 dan ortiq doimiy, to‘rt mingdan ortiq mavsumiy ishchi o‘rni yaratildi. Birgina bugun ochilayotgan korxonaning o‘zida 600ta doimiy, 2000 ta mavsumiy ishchi o‘rni bor.

Aslida bu raqamlar ortida besh yillik mashaqqatli mehnat yotibdi. “BMB HOLDING” oson yo‘lni tanlamadi. Salkam 30 ming gektar yerda meva-sabzavot  yetishtirishni yo‘lga qo‘ydi. Dastlabki yillar iqtisodiy zarar ko‘rganida ham intilishi to‘xtamadi. Urug‘chilik, ko‘chatchilik bilan shug‘ullandi. Mahsulotni darhol bozorga kiritmadi. Saralash tizimini, texnologiyasini yo‘lga qo‘ydi. Logistika xizmatiga asos soldi. Sifat ko‘rsatkichlarini xalqaro ekspertlar ko‘rigidan o‘tkazdi va eng nufuzli muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi. Nihoyat tizimning so‘nggi nuqtasi – chuqur qayta ishlash korxonasini barpo etdi.

– Oxirgi bosqichda sublimatsiya usulida quritish, shok usulida muzlatish, MDHda yagona bo‘lgan okustik usulda quritish usulini yo‘lga qo‘ydik, – deydi Bekzod Mamatqulov. – Muhtaram Prezidentimiz tomonidan biz, tadbirkorlarga yaratib berilgan sharoitdan unumli foydalanib shu uzluksiz tizimni ishga soldik.

Qur’onning muqaddas kalomi o‘qilib yurtga, elga tinchlik va ravnaq tilandi. Alvon tasma kesilib, “BMB AGRO PLUS” liniyalari ishga tushdi. Birinchi mahsulot – Jizzax qulupnaylari edi. Ular tasmaga tashlandi va saralanib, yuvilib, nazoratdan o‘tkazilgach sovuqxonaga yo‘l oldi. Shok usulida muzlatishda tasma uzilgani yo‘q. Oniy soniyalarda chuqur qayta ishlangan mahsulot chiqdi. Endi uni idishlarga joylab istalgancha saqlash mumkin.

– Shok uchun dastlab -400 darajada muzlatamiz. Muzlatilgan mahsulot  -200 li sovuqxonalarimiz bor, shu yerda saqlanadi, – deydi “BMB AGRO PLUS” bosh direktori o‘rinbosari Vohid Boliyev. – Afzallik tomoni shundaki, mahsulot eritilsa, shok usulda muzlatilgani uchun asl holatidan farq qilmaydi.

Ha, endi siz istalgan mevaning bog‘ yoki paykaldan uzilgan chog‘dagi ta’mini yilning 12 oyi davomida his qilishingiz mumkin. Bunday imkoniyatni sizga shok uslubi yaratadi.

Korxonada yana bir usulda meva qayta ishlanadi. Bu sublimatsiya usulidir. Uni shok uslubining davomi deyish mumkin. Unda muzlatilgan meva tarkibidagi namlik vakuum qurilmasi orqali tortib olinadi. Natijada:

– Mahsulot o‘zining hajmini, shaklini, ta’mini, hidini yo‘qotmaydi. Tarkibidagi mikroelementlar o‘z holicha saqlanib qoladi. Bu nafaqat O‘zbekistonda, balki O‘rta Osiyoda yangi hisoblangan texnologiyadir, – deydi Vohid Boliyev.

Shu o‘rinda ayrim raqamlarga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.

BMB AGRO PLUS

Hududi                               – 10 ga

Umumiy qiymati              – 40,7 mln. $

“O‘zsanoatqurilishbank”

ATB krediti                       – 16,6 mln. $

BMB HOLDING mablag‘i – 24,1 mln. $

Quvvati (yiliga)              – 120 ming tonna

meva-sabzavotni qayta ishlashga teng.

– Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sublimatsiya yoki shok usullarida muzlatib qayta ishlanganidan so‘ng MDH hamda Yevropa mamlakatlariga eksport qilinmoqda, – deydi “BMB HOLDING” Matbuot xizmati rahbari Azizbek Xodjayev. – Ya’ni bu usullar eksport geografiyasini ham, hajmini ham oshirdi.

Shu narsa ham haqiqatki, O‘zbekistonda meva-sabzavot yetishtiruvchilar, uni qayta ishlovchilar va aholiga yetkazib beruvchi tizimlar hammasi alohida-alohida sub’ekt edi. “BMB HOLDING” erishgan muvaffaqiyatlarning eng muhim jihatlaridan biri shundaki, ular barcha tizimni bitta o‘q atrofida birlashtirdi. Hatto ko‘chatchilikni ham.

Mana bu pomidorlar ham shu korxona dalalarida yetishtirilgan. Bu navdagi pomidorlarda oq, dag‘al chiziq va tugunchalar yo‘q. Ya’ni shaklning barcha qismi sharbatli. Shu jihati bilan qayta ishlanganda, masalan tomat pastasiga aylantirilganida birga bir miqdorga erishiladi.

– “BMB HOLDING”da nafaqat ko‘chat, balki urug‘chilik ham tashkil qildik, – deydi  “BMB HOLDING” Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish departamenti rahbari, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) Sobirjon Egamberdiyev. – Ikkita serhosil yangi nav yaratdik. Bu nav ko‘chatlari bir gektardan yuz tonnagacha hosil beryapti. Bu juda katta raqam.

Gektaridan 100 tonna pomidor. Tag‘in qayerda? Jizzaxning sho‘rxok yerlarida. Agar urug‘ va ko‘chatchilik bilan vaqtida shug‘ullanmaganida bunday natija bo‘larmidi.  

– Bu ko‘chatlar kimyoviy qo‘shilmalarsiz, biologik toza uslubda undirib olingan. Ko‘chat ildizi qanchalik oq, tiniq rangli bo‘lsa, nam tuproqqa  tegishi bilan tutadi. Yo‘qotish bo‘lmaydi, – deydi Sobirjon Egamberdiyev.

Biz ba’zida zamonamiz qahramonlarini uzoqlardan izlaymiz. Aslida ular oramizda. Ularning kamtarin, ammo pok niyat hamda g‘ayrat bilan xalqimiz farovonligi, davlatimiz rivoji uchun ko‘rsatayotgan fidoyiligiga tasannolar aytaylik.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/hijARf7tjVE?si=03SOWM-x9xybosMl" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov,Elyor Olimov(video,surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Meva va sabzavotlar eng zamonaviy usullarda qayta ishlanmoqda (+video)