Ma’lumki, yo‘lovchilar, ekipajlar va havo kemalarining xavfsizligini ta’minlash xalqaro reyslarning mutlaq ustuvor vazifasi hisoblanadi.

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinidagi havo hududidan foydalanishga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar munosabati bilan parvoz jadvaliga majburiy o‘zgarish kiritildi.

Ushbu o‘zgarishlar, Toshkent – Dehli, Mumbay, Laxor, Bangkok, Kuala-Lumpur, Pxuket va ushbu shaharlar bilan bog‘liq qaytish yo‘nalishlarga taalluqlidir.  

Ba’zi holatlarda uchish vaqti o‘rtacha 1,5 soatga yoki undan ko‘proqga oshishi mumkin.  

Agar reys bekor qilinsa, yo‘lovchilarga yaqin sanalarga qayta bron qilish (jarimasiz) yoki aviabilet summasini to‘liq qaytarish imkoniyati taqdim etiladi. 

Toshkentdan Dehli, Mumbay, Lahorga parvozlar haqidagi ma’lumotlar parvozlar jadvali to‘liq yangilangandan so‘ng qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.  

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinidagi reyslar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi – "Uzbekistan Airways"