Vatanimiz tarixidagi 12 may sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1879 yil (bundan 146 yil oldin) – davlat va jamoat arbobi, tarixchi olim Muhammadjon Tinishboyev tavallud topdi (vafoti 1938 yil). U 1917 yil noyabr–dekabrda tariximizdagi ilk demokratik davlat – Turkiston muxtoriyati hukumatining birinchi bosh vaziri, 1917 yil noyabr – 1918 yil fevralda ichki ishlar vaziri bo‘lgan. 1917 yil dekabrdan 1920 yil martga qadar Alash O‘rda hukumatining ichki ishlar vaziri sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Keyinchalik bir qator lavozimlarda ishlagan. U qatag‘onga uchrab, otib tashlangan. 1959 yilda o‘limidan so‘ng oqlangan. 

1909 yili (bundan 116 yil oldin) – Toshkentda Turkiston jadidlarining “Jamiyati xayriya” tashkiloti tuzildi. U talabalarni chet ellarda o‘qitishga rahbarlik qildi. Uning ko‘magida yoshlar Ichki Rossiyaning Peterburg, Saratov, Qozon, Ufa, Orenburg shaharlaridagi oliy maktab va madrasalarga, shuningdek, Istanbul, Qohira kabi xorijiy shaharlardagi dorilfununlarga o‘qishga yuborila boshlandi.

1914 yil (bundan 111 yil oldin) – rus savdogari G.V.Dyurshmidtning korxonasi amirning yozgi saroyi Sitorayi Moxi Xosada amir Abdulahad bilan qorako‘l teri va teri mahsulotlarini sotish va sotib olishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi. Eng qizig‘i shundaki, rus savdogarlari savdo jarayonida imkon qadar mahalliy tilda gapirishga, xushmuomalalik bilan munosabat o‘rnatishga harakat qilganlar.

1918 yil (bundan 107 yil oldin) – millatning fikriy rivojida zamonaviy universitetlarning g‘oyat ulkan o‘rin tutishini anglagan Munavvarqori rahbarligidagi milliy oliy ta’lim fidoyilarining mehnati samarasi o‘laroq O‘rta Osiyodagi dastlabki zamonaviy oliy o‘quv yurti – Musulmon Xalq dorilfununi (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning “rasmi kushodi” – rasmiy tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Eski shahardagi tantana hay’atidan hukumat a’zolari – xalq komissari (vazir), musulmon va rus xalq dorilfununlari raislari (rektorlari) va boshqalar joy oldilar. Xalq dorilfununi tashkil etilganda, uning qoshida adabiyot-falsafa, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-matematik, qishloq xo‘jaligi, texnika singari 5 fakultet faoliyat ko‘rsatgan.

1918 yil (bundan 107 yil oldin) – Toshkentda yosh xivaliklar partiyasining Markaziy inqilobiy ko‘mitasi tuzildi. Ko‘mitaga Polvonniyozhoji Yusupov (rais), Bobojon Yaqubov (o‘rinbosar), Atajon Sapayev (kotib), Muhiddin Umarov (xazinachi), Nazir Sholikorov va boshqalar a’zo bo‘lib kirdilar.

1924 yil (bundan 101 yil oldin) – O‘zbekistonda birinchi havo yo‘li ochildi. Uzunligi 800 kilometr bo‘lgan Toshkent – Avliyoota (Taroz) – Pishpek (Bishkek) – Olmaota marshrutida Rossiya ko‘ngilli havo floti jamiyatining O‘rta Osiyo bo‘limiga qarashli, Germaniyadan sotib olingan “Yunkers-13” samolyotlarida dastlabki yo‘lovchilar tashish reysi amalga oshirildi. 

1925 yil (bundan 100 yil oldin) – quloq, burun va tomoq kasalliklari bo‘yicha olim (otorinolaringolog), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Qo‘chqor Mirzaazizov tavallud topdi. U O‘zbekiston otorinolaringologiya maktabini yaratgan. Qo‘chqor Mirzaazizov 2001 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

1931 yil (bundan 94 yil oldin) – Toshkentda zarbdor yoshlar ko‘rigi bo‘lib, unda yigit-qizlar O‘zbekistondagi yirik sanoat korxonalarini qurishda faol ishtirok etishga chaqirildi. Quvasoy sement kombinati, Toshkent to‘qimachilik kombinati, Chirchiq elektrokimyo kombinati, Buxoro va Samarkand ip-yigiruv fabrikalari, Marg‘ilon shoyi to‘qish kombinati va boshqa inshootlar qurilishida yoshlar katta xizmat qilgan.

1938 yil (bundan 87 yil oldin) – mexanik va matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Tojiboy Bo‘riyev tavallud topdi. U seysmik (8–9 balli) va noseysmik (5–7 balli) mintaqalar va qorli-shamolli hududlar uchun fazoviy sterjenli konstruksiyalarni teng mustahkamlik, barqarorlik va minimal og‘irlik mezonlari asosida ishlab chikqan. 

1982 yil (bundan 43 yil oldin) – Amudaryo ustida qurilgan Xayraton ko‘prigi ishga tushirildi. Shu kuni Termiz – Xayraton (Afg‘oniston porti) temir yo‘li ham ish boshladi.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetini tashkil qilish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

1996 yil (bundan 29 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan ko‘p yillik halol mehnati, o‘zbek milliy musiqa san’atini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi hamda jamoat hayotida faol qatnashganligi uchun O‘zbekiston xalq artisti, bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlandi.

2000 yil (bundan 25 yil oldin) – Toshkentning Yunusobod tumani Bo‘zsuv kanali bo‘yida qatag‘on qurbonlariga bag‘ishlangan Shaxidlar xotirasi me’moriy yodgorligi ochildi. Uning gul chamanlari bilan obodonlashtirilgan tepaliklaridan birida feruza rangli an’anaviy qovurg‘asimon gumbaz qad ko‘tardi. Shuningdek, har yili 31 avgust kuni qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimi o‘tkazilishi an’anaga aylandi.

2001 yil (bundan 24 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

2016 yil (bundan 9 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining havo hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Yashil energiya» sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda birinchi havo yo‘li qachon ochilganini bilasizmi?