Hindiston so‘nggi bir necha soat ichida Pokiston bilan erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi qoidasi buzilganini qayd etib, Islomobodni bitimga rioya qilishga chaqirdi. Bu haqda hind davlati Tashqi ishlar vazirligi rahbarining birinchi o‘rinbosari Vikram Misri brifingda ma’lum qildi.

– So‘nggi bir necha soat ichida Hindiston va Pokiston harbiy mulozimlari tomonidan erishilgan kelishuvni bir necha bor buzish holati kuzatildi, – degan Misri. – Biz Pokistonni ushbu qonunbuzarlikni bartaraf etish uchun tegishli choralar ko‘rish, vaziyatga jiddiy va mas’uliyat bilan yondashishga chaqiramiz

Yangi Dehli va Islomobod avvalroq o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgan edi. Mahalliy vaqt bilan soat 15:35 da Pokiston harbiy amaliyot bo‘limi boshlig‘i hindistonlik hamkasbini chaqirdi. Harbiy muzokara yakunida “har ikki tomon hind standart vaqti bilan soat 17:00 dan quruqlik, havo va dengiz yo‘lida har qanday o‘q otish va harbiy harakatni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Afsuski, bir necha soat o‘tgach, Jammu, Kashmir va Panjobning bir necha shahrida dronlar uchayotgani kuzatildi, havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushdi, elektr ta’minoti uzildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi buzilgani ma’lum qilindi