Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilayotgan "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Qazaqstan Barysy Grand Slam" xalqaro turnirining ilk kunida O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi vakili Muhriddin Tilovov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

-66 kg vazn toifasida bahs olib borgan Tilovov dastlabki saralash bosqichida italiyalik raqibini ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Guruh bosqichida esa neytral maqomda ishtirok etayotgan Ramazon Abdullayevga imkoniyatni boy bergach, bronza medali uchun kurashish imkonini qo‘lga kiritdi.

O‘tish jangida u mahalliy dzyudochi — qozog‘istonlik Baurjan Narbayevni g‘alaba uchun ruhiy ustunlikka ega bo‘lganiga qaramay, mag‘lubiyatga uchratdi. Yakunda 3-o‘rin uchun bahsda Tilovov xitoylik Ziyang Syue ustidan ham g‘alaba qozonib, musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Hozircha umumjamoa hisobida Fransiya, Germaniya va Xitoy terma jamoalari yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston 1 ta bronza medali bilan kuchli o‘nlikdan joy egallab turibdi.

Bugun, 10 may kuni musobaqaning ikkinchi kuni doirasida erkaklar o‘rtasida -73 va -81 kg, ayollar o‘rtasida esa -63 va -70 kg vazn toifalarida bahslar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston nomidan tatamiga Asadbek Norbo‘tayev, Muhammadyahyo Muhammadjonov, Nodirbek Mavlonberdiyev, Sevinch Isoqova va Shirinjon Yo‘ldosheva chiqishadi.

44 davlatdan 358 nafar dzyudochi ishtirok etayotgan nufuzli musobaqa 11 maygacha davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhriddin Tilovov Ostonada qozog‘istonlik dzyudochini mag‘lub etdi