Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida klassik shaxmat bo‘yicha yirik xalqaro musobaqa — "Superbet Chess Classic Romania-2025" davom etmoqda. Mukofot jamg‘armasi 350 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

O‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov musobaqaning 2-turida oq donalarda amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi bahs olib borib, durang natijaga erishdi.

3-turda esa Nodirbek qora donalarda hindistonlik iqtidorli shaxmatchi Rameshbabu Praggnanandhaaga qarshi o‘ynab, afsuski, imkoniyatni boy berdi.

Bugun, 10 may kuni bo‘lib o‘tadigan 4-turda hamyurtimiz yana qora donalarda o‘yin o‘tkazadi — bu safar u amerikalik kuchli shaxmatchi Fabiano Caruanaga qarshi bahs olib boradi.

Musobaqa jami 9 turdan iborat bo‘lib, 16 mayga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodirbek Abdusattorov Buxarestda kuchli raqiblar bilan bellashmoqda