1945 yil 9 may. Insoniyat tarixidagi muhim sana. 1939 yil 1 sentyabr kuni dunyoga hukmronlik qilish da’vosini ilgari surgan, insoniyatni dahshatga, qirg‘in va ofatlarga giriftor qilgan fashizm g‘oyasi asosida boshlangan Ikkinchi jahon urushi mislsiz azob-uqubatlar, son-sanoqsiz qurbonlarga sabab bo‘ldi.

Olti yil davom etgan dahshatli urush o‘sha vaqtda jahonda mavjud bo‘lgan 73 ta davlatning 62 tasini, Yer kurrasining 80 foiz aholisini o‘z domiga tortdi. Harbiy harakatlar Yevropa, Osiyo va Afrikadagi 40 dan ziyod davlatlar hududida olib borildi. Qurolli kuchlarga safarbar etilgan 110 million kishidan umumiy yo‘qotish 70 millionni tashkil etdi.  

Bu urush yadro quroli qo‘llanilgan eng mudhish voqea sifatida ham tarix sahifalariga muhrlandi. Harbiy xarajatlar va harbiy zarar o‘sha vaqtdagi hisob bo‘yicha 4 trillion dollarni tashkil etdi. Moddiy xarajatlar urushayotgan davlatlar milliy daromadining 70 foizigacha yetdi. Misli ko‘rilmagan buzg‘unchilik avj olgan urushda o‘n minglab shahar va qishloqlar vayron qilindi.

Garchi, harbiy xizmatni o‘tayotgan o‘zbekistonliklar 1939 yilning o‘zidayoq jangovar harakatlarga jalb qilingan bo‘lsa-da, fuqarolar ommaviy tarzda 1941 yildan urushga safarbar etildi.

O‘sha davrda O‘zbekiston hududida yashagan 6 yarim million aholidan 1 million 950 mingdan ziyodi urushda ishtirok etdi. Ularning yarim milliondan ko‘pi halok bo‘ldi. 158 mingdan ortiq yurtdoshimiz bedarak yo‘qoldi. 60 mingdan ortiq vatandoshimiz urushdan nogiron bo‘lib qaytdi.  

Bu ma’lumotlar har uch o‘zbekistonlikdan biri qo‘liga qurol olib, fashizmga qarshi kurashgani, yurti va umuminsoniyat uchun tinchlik o‘rnatilishiga hissa qo‘shganidan dalolat beradi.  

Agar o‘z uyiga, Vataniga qaytmagan har bir askar ortida 5–7 nafar oila a’zolari borligi, qanchadan-qancha ayollar beva, bolalar yetim qolganini hisobga olsak, bu raqamlarda aks etgan fojialar ko‘lami yanada kengroq namoyon bo‘ladi.

Urush davrida 214 ming o‘zbekistonlik askar va ofitserlar ko‘rsatgan qahramonliklari uchun jangovar orden va medallar bilan taqdirlandi. Xususan, 301 nafar vatandoshimiz Sovet Ittifoqi Qahramoni, 70 nafar yurtdoshimiz uchala darajadagi Slava ordeni bilan mukofotlandi.  

Ikkinchi jahon urushida o‘zbekistonliklar Gitler Germaniyasi va unga ittifoqdosh mamlakatlar tomonidan bosib olingan Yevropa davlatlarini ozod qilishda ham chinakam jasorat va matonat namunalarini ko‘rsatdilar. Ular Yugoslaviya, Bolgariya, Gretsiya, Italiya, Norvegiya, Fransiya, Chexoslovakiya hududlarida mardlarcha jang qildilar. Sovet Ittifoqi Qahramonlaridan Ilyos O‘rozov, Qo‘chqor Qarshiyev Vengriya uchun janglarda, Juman Qoraqulov Chexoslovakiya uchun janglarda, general-mayor Sobir Rahimov Gdansk uchun jangda qahramonlarcha halok bo‘ldi.  

Yevropaning ozod qilinishida o‘zbekistonliklarning ishtiroki ahamiyatli bo‘ldi. Masalan, Sovet Ittifoqi Qahramoni Tojiali Boboyev Berlin yo‘lidagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Sileziya temir yo‘l vokzaliga bayroq o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Muxtor Rasulov birinchi uchuvchilar safida Reyxstag maydoni uzra razvedka fotosuratlarini bosh shtabga yetkazib berdi. 150-o‘qchi diviziya tarkibida jangga kirgan Karimjon Isoqov esa Reyxstag gumbaziga g‘alaba bayrog‘ini o‘rnatdi.

O‘sha olovli yillarda O‘zbekistonda yetti yoshdan yetmish yoshgacha butun xalqimiz «Hamma narsa – front uchun, hamma narsa – g‘alaba uchun!» deb yashadi, orom va halovatdan kechib, tinimsiz mehnat qildi.  

Yurtimiz front uchun barcha zarur narsalarni yetkazib beruvchi muhim tayanch markazlardan biriga aylandi. Ishlab chiqarish korxonalari harbiy maqsadlarda qayta tashkil etilib, qisqa muddat ichida respublikada 280 ta yangi korxona qurilib, ishga tushirildi. 1941 yil oxiriga kelib, 300 dan ortiq korxonalarda harbiy mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.  

O‘zbekiston frontga 2 mingdan ortiq samolyot, 17 mingdan ziyod aviamotor, 17 mingdan ortiq minomyot, 560 ming dona snaryad, 300 mingdan ortiq parashyut, 1 millionta granata, 2 yarim millionga yaqin aviabomba, 22 millionta mina va boshqa harbiy anjomlar, front hamda qamaldagi hududlar aholisi uchun mablag‘, oziq-ovqat, dori-darmon va issiq kiyimlar yetkazib berdi.  

1941–1945 yillarda O‘zbekiston butun ittifoq gospitaliga aylandi. O‘n minglab askar va ofitserlar bu yerda davolanib, urushga yoki front ortidagi mehnat faoliyatiga qaytdilar. Xalqimiz front hududlaridan ko‘chirib keltirilgan 1 million 500 mingga yaqin odamga boshpana berib, o‘zining so‘nggi burda nonini ular bilan baham ko‘rgani, ota-onasi, oilasidan judo bo‘lgan 250 ming nafar yetim bolani “Sen yetim emassan!” deya bag‘riga olgani insonparvarlikning chinakam namunasi bo‘ldi. O‘zbekistonliklar ozod qilingan g‘arbiy hududlarni tiklashda ham faol ishtirok etdi.

Bir so‘z bilan aytganda, xalqimizning Ikkinchi jahon urushi davrida front va front ortida ko‘rsatgan qahramonligi shu qadar yuksakki, bu shonli g‘alabani O‘zbekistonsiz, o‘zbek xalqisiz aslo tasavvur qilib bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bugun mamlakatimizda buyuk maqsad – Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, avvalom bor, “Inson qadri ulug‘ – xotira muqaddas” degan ulug‘ insoniy tuyg‘ular asosida olib borilayotganini alohida ta’kidlash zarur.  

Yangi O‘zbekistonda jasorati, mardona mehnati, metin irodasi va insoniyligi bilan bashariyatni fashizm balosidan saqlab qolib, dunyoda tinchlik o‘rnatilishiga hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish oliy qadriyat hisoblanadi.  

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy tashabbusi asosida 2020 yili 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrida muhtasham “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi barpo etildi.  

O‘zbek xalqining shonli tarixi, yengilmas irodasi, mardligi va matonati, bemisl jasorati va qahramonligi haqida hiqoya qiluvchi ushbu mahobatli muzey yurtimiz va xorijdagi arxiv hamda muzeylarda, urush qatnashchilari va ularning oilalarida saqlanayotgan noyob hujjatlar, fotosurat va ma’lumotlar asosida tashkil etildi. Bugungi kunda ushbu maskan xalqimizning muqaddas qadamjolaridan biriga aylanib, zamondoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni tarixdan to‘g‘ri xulosa chiqarib, doimo hushyor va ogoh bo‘lib, mard va olijanob ajdodlarimizdan ibrat olib yashashga  da’vat etib kelmoqda.  

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, davlatimiz rahbarining topshirig‘i bilan so‘nggi yillarda tarixiy adolatni tiklash, o‘zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasini chuqur o‘rganish, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan vatandoshlarimiz nomlarini tiklash va abadiylashtirish maqsadida keng ko‘lamli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.  Mavzuga doir ko‘plab ilmiy maqolalar, monografiya va kitoblar yaratilib, ilmiy ishlar himoya qilinmoqda. Natijada xalqimizning urush yillarida ko‘rsatgan matonati va jasorati, urushdan qaytmagan, bedarak yo‘qolgan ming-minglab yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi tiklanmoqda. Shonli qahramonlarimiz haqida hujjatli va badiiy filmlar suratga olinmoqda.  

Niderlandiyalik va o‘zbekistonlik mutaxassislarning sa’y-harakati bilan urush yillarida fashistlar tomonidan asirga olingan, “Amersfort” konslagerida aql bovar qilmas qiynoqlarga solinishiga qaramay, o‘z sha’ni, g‘ururi va insoniylik xislatlarini saqlab qolgan 101 nafar o‘zbek o‘g‘loni xotirasining abadiylashtirilgani ana shunday savobli ishlardan biri bo‘ldi.  

Ma’lumki, Niderlandiyaning Lyosden shahridagi “Rustxof” qabristoni hududida “Sovet shon-sharaf maydoni” (Sovetskoye pole slavы) yodgorlik majmuasi mavjud bo‘lib, ushbu majmuada Ikkinchi jahon urushi davrida “Amersfort” konslageriga keltirilib, shu yerda mangu qo‘nim topgan 101 o‘zbekistonlik harbiy asirlarning qabrlari joylashgan.

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1941 yilning kuzida asir olingan o‘zbekistonlik askarlar fashistlar tomonidan bosib olingan Niderlandiya hududidagi “Amersfort” konslageriga keltiriladi. Bir yuz bir nafar mahbusning 24 nafari 1941 yilning qishida qiynoq va kasalliklar tufayli qurbon bo‘ladi. 77 nafari esa 1942 yil 9 aprel kuni erta tongda yaqin atrofdagi o‘rmonda otib tashlanadi.  

Ta’kidlash kerakki, qariyb chorak asr davomida ushbu asirlarning taqdiri haqida izlanishlar olib borgan niderlandiyalik tadqiqotchi, “Sovet shon-sharaf maydoni” fondi rahbari Remko Reyding sa’y-harakatlari bilan “Amersfort” konslagerida fashistlar qurboni bo‘lgan sovet harbiylarining qabristonida dafn etilgan 865 nafar noma’lum askardan 101 nafari Markaziy Osiyodan, asosan O‘zbekistondan ekani ma’lum bo‘ldi. Remko Reyding va o‘zbekistonlik mutaxassislarning birgalikda olib borgan qidiruv ishlari natijasida hozirga qadar 7 nafar asirning shaxsiga aniqlik kiritildi.

O‘zbekistonda 101 asir bo‘yicha badiiy va hujjatli filmlar suratga olindi. Ushbu filmlar uchun zarur faktologik ma’lumotlar aynan Remko Reyding tomonidan taqdim etildi. Shuningdek, Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i”da alohida installyatsiya, “Shon-sharaf” muzeyida ekspozitsiya tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi hamda R.Reyding boshchilik qilayotgan fond sa’y-harakatlari bilan har yili 9 aprel kuni an’anaviy ravishda Ikkinchi jahon urushi davrida Lyosden shahridagi “Amersfort” konslagerida qatl etilgan o‘zbek askarlari xotirasiga bag‘ishlab xotira tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.  

Bu yil Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga 80 yil to‘lishi munosabati bilan Remko Reydingning tashabbusi hamda O‘zbekiston rahbariyatining moddiy va ma’naviy yordami asosida bu yerda 101 o‘zbekistonlik askar xotirasiga bag‘ishlab muzey tashkil etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan, joriy yilning 2-4 may kunlari Niderlandiya Qirolligining Lyosden shahridagi urush qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etish uchun mamlakatimiz delegatsiyasining tashrifi amalga oshirildi.  

Delegatsiya a’zolari Ikkinchi jahon urushida fashizm qurboni bo‘lgan askarlar, jumladan, 101 o‘zbek askari xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan muzeyda bo‘lib, urush qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdilar.  

Tadbirlarda Niderlandiyaning Lyosden shahri meri Gerolf Baumister, “Sovet shon-sharaf maydoni” jamg‘armasi rahbariyati, mahalliy OAV va keng jamoatchilik vakillari, oliy o‘quv yurtlari talabalari hamda maktab o‘quvchilari, Niderlandiyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlar qatnashdilar.  

Ishtirokchilar xotira maydonida dafn etilgan 865 nafar askarlar, shu jumladan, o‘zbekistonlik 101 nafar askar qabriga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdilar.  

Delegatsiya a’zolari O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasi, bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib,  Remko Reydingning ajdodlarimiz xotirasini tiklash va abadiylashtirish yo‘lidagi xizmatlarini alohida e’tirof etdilar. Shundan so‘ng “Sovet shon-sharaf maydoni” fondi rahbari Remko Reyding va uning yordamchisi Natalya de Yongga O‘zbekiston Respublikasi hukumatining maxsus sovg‘alari hamda Mudofaa vazirligi tomonidan ta’sis etilgan ko‘krak nishoni tantanali topshirildi.

Niderlandiyaning Lyosden shahrida o‘zbekistonlik 101 nafar askar xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan muzey Niderlandiya jamoatchiligi va tashrif buyuruvchilarni Ikkinchi jahon urushining mudhish va halokatli oqibatlari, O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasi, ko‘rsatgan iroda va jasorati haqida xabardor etadi va ularning muqaddas xotirasini abadiylashtirishshga xizmat qiladi, deb o‘ylayman.

An’anaga ko‘ra, bugun ham har yilgidek mazkur xotira maydonida dafn etilgan 865 nafar askarlar, shu jumladan, 101 nafar o‘zbekistonlik askarlarning qabrlariga gul qo‘ydik, ularning xotirasini yodga oldik. Biz ularning jasorati va ozodlik uchun olib borgan kurashlarini unutmaymiz.  

O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatiga yaqin hamkorlik uchun alohida minnatdorlik bildiraman. Men bugun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maxsus mukofoti bilan taqdirlandim. Bildirilgan yuksak ishonch va ko‘rsatilgan ehtirom uchun o‘zimning samimiy tashakkurimni bildiraman.

Remko Reyding,  

Niderlandiyaning “Sovet shon-sharaf maydoni” fondi rahbari  

Bugun biz “Sovet shon-sharaf maydoni”da har bir qabrga guldastalar qo‘yish orqali ularning xotirasiga hurmat bajo keltirilmoqdamiz.  

Bu tadbirni tashkil etish orqali biz Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik 101 nafar askar xotirasiini abadiylashtirishni maqsad qilganmiz.  

Tadbirda O‘zbekiston delegatsiya a’zolari, diplomatik korpus vakillari, ko‘ngillilar, jamg‘armamiz xodimlari, mahalliy OAV vkillari va boshqalar ishtirok etmoqda.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston tomoni bilan yaqin hamkorligimiz tufayli, o‘zbekistonlik 101 nafar askar haqida ko‘proq o‘rgandik va ma’lumot oldik. Ularning shaxsini aniqlash va qabrlarini tiklashda O‘zbekiston tomoni ko‘rsatayotgan ko‘makdan minnatdormiz.

Natalya de Yong,  

Niderlandiyaning “Sovet shon-sharaf maydoni” fondi vakili  

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi tomonidan tadbir ishtirokchilariga milliy taomlar taqdim etildi.

Insoniyatni fashizm balosidan asrab qolish yo‘lida jon fido qilgan, yengilmas iroda va bemisl jasorat ko‘rsatgan, janggohlarda mangu qo‘nim topgan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish borasida tashkil etilgan bu kabi tadbirlar va savobli amallar bugungi Yangi O‘zbekistonda inson qadri va sha’ni ustuvor ahamiyat kasb etayotganidan dalolatdir.  

Saidxon SAIDOLIMOV

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson ulug‘ – xotira muqaddas!