Ikkinchi jahon urushining ta’siri yetib bormagan davlat qolmadi. Barchasi u yoki bu darajada daxldor bo‘lib yashadi. Urush boshlangan paytda O‘zbekistonda 6,5 million aholi istiqomat qilib, ularning 1,9 millioni frontga safarbar etildi va 538 mingi ushbu urushda halok bo‘ldi. Bundan tashqari, 158 mingi bedarak yo‘qolgan, deb qayd etildi. O‘zbekistonga 1 million aholi evakuatsiya qilindi, ulardan 200 mingi bolalar edi.

O‘rta Osiyoga evakuatsiya qilingan 308 korxonadan 100 dan ortig‘i aynan bizning yurtimizga ko‘chirtirildi. Ularning 50 tasi 1942 yil boshida, qolganlari urush boshlangan yilning o‘zidayoq ishga tushirildi. O‘zbekistonning 300 ta korxonasi harbiy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashtirildi. Urush talofoti har bir xonadonga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, ammo sharoitlar qanday og‘ir bo‘lmasin, O‘zbekiston aholisi ushbu davrni katta matonat bilan o‘tkazdi. Xalq xo‘jalikning qator sohalarida shijoatini ko‘rsatib, urushning tezroq yakunlanishi uchun o‘z hissasini qo‘shib keldi.

Urush davrida Chirchiq shahriga, shu qatorda, markaziy ilmiy loyiha institutlari va oliy ta’lim muassasalari evakuatsiya qilindi. Ular orasida Azot sanoati instituti (GIAP), azot korxonalarini loyihalashtirish instituti (Giproazot), Gidrotexnika instituti (VNIIG), Kirov nomidagi Xarkov kimyo-texnologiya institutlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ularda 300 nafardan ortiq ilmiy xodimlar, shu qatorda 70 dan ortiq doktorlar va fan nomzodlari ishladi.

Urush davridagi ta’lim maskanlari, pedagogik kadrlar, o‘qitish tizimlari haqida tarix instituti kichik ilmiy xodimi Yulduz Tursunova batafsil ma’lumot beradi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5_0HG3bxGgg" title="Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda ta’lim" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda ta’lim (+video)