Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 80-yilligi keng nishonlanayotgan ayni kunlarda urush yillari O‘zbekistonning g‘alabaga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida fikr yuritish, millionlab vatandoshlarimizning jangovar va mehnat qahramonliklarini eslash ham farz, ham qarzdir.

Bu borada xalqimiz jasoratining yorqin ko‘rinishlaridan biri sifatida respublikamizdagi to‘qimachilik sanoati korxonalari, o‘sha yillari og‘ir sharoitlarda tinimsiz mehnat qilgan minglab ishchilar, jumladan o‘smirlar va ayollarni misol keltirish mumkin.

O‘z davrida nafaqat O‘rta Osiyo, balki butun mamlakatda yirik sanoat inshootlaridan biri hisoblangan Toshkent to‘qimachilik kombinatining qurilishi 1932 yil 6 may kuni boshlangan. Doimiy tarzda o‘tkazilgan hashar va shanbaliklarda jami 32 mingdan ziyod kishi ishtirok etgan. Uning bunyod etilishida qator respublikalar, Rossiyaning yirik to‘qimachilik sanoati markazlari, jumladan, Kalinin i Serpuxov shaharlaridan jo‘natilgan yuqori malakali injener-texniklar, ishchilarning hissasi katta bo‘lgan.  

Paxtadan turli tayyor mato va gazlamalar, tikuv va trikotaj iplari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan Toshkent kombinati 12 ming ish o‘rinlariga mo‘ljallangan edi. Ayni paytda to‘qimachilik sohalari bo‘yicha mahalliy ishchilarni tayyorlash amalga oshirilgan. Yuzlab o‘smirlar maxsus tashkil qilingan o‘quv kurslarida yangi kasblarni o‘rganishgan. Qisqa muddatlarga ishga tushirilgan Toshkent kombinatida paxta matolarining birinchi metrlari ishlab chiqarila boshlangan.  

O‘zbekistonda paxta tolasini yetishtirish 1935 yili 1453 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 1945 yili 12284 tonnaga yetgan, ya’ni 10 yil ichida deyarli 10 marta oshgan. Bu raqamlar qishloq aholisining qanchalik yengil bo‘lmagan, ayniqsa urush yillaridagi fidokorona qo‘l mehnati natijalarini aks ettiradi.  

Bu xom ashyoning oshib borishi natijasida gazlamalar ishlab chiqarish ham muttasil ko‘payib borgan.  

Toshkent to‘qimachilik kombinati 1938 yili to‘la ishga tushirilib, uning tarkibida ikkita Yigiruv-to‘quv va Yigiruv-ip hamda Pardozlash fabrikalari, shuningdek, mexanik zavodi, elektroremont sexi va boshqa qator maxsus ishlab chiqarish bo‘limlari bo‘lgan. Ayni paytda kombinatning uchta Yigiruv-to‘quv filiallari Toshkent viloyatida joylashgan. 1940 yili Yigiruv-to‘quv fabrikasining 116 ming yigiruv shpindellari va va 2000 to‘quv stanoklariga mo‘ljallangan ikkinchi katta korpusi qurilishi boshlangan. Bu o‘z davri uchun nafaqat respublikamiz, balki Ittifoq miqyosidagi katta iqtisodiy g‘alaba deb, baholangan.

Respublika iqtisodiyoti uchun To‘qimachilik korxonasining yana bir muhimligi – “kombinat” tushunchasi bu yerda yangilik bo‘lib, birinchi marotaba vujudga kelgan.  

Iqtisodiy ko‘rsatkichlari yil sayin oshib borgan Toshkent kombinatiga ommaviy axborot vositalarining qiziqishi ham kuchaygan. 1939 yili o‘z ijodiy faoliyatini boshlagan taniqli kinorejissyor, Xalq artisti, Mehnat Qahramoni Malik Qayumovning birinchi kino asari  – shu korxona haqida olingan hujjatli film Nyu-Yorkdagi Jahon ko‘rgazmasida namoyish qilinib, Katta Oltin medaliga sazovor bo‘lgan.  

Bugun O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatining shakllanishi va samarali rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan insonlar qatorida avvalo taniqli davlat arbobi Mirzamahmud Musaxonov nomini tilga olishimiz o‘rinlidir. Bu korxonaning yuksak ishlab chiqarish salohiyatiga erishishi uning mohirona tashkilotchiligi bilan chambarchas bog‘liq. U Moskvadagi To‘qimachilik institutini oliy baholar bilan tugatgach, Serpuxov shahridagi fabrikada mehnat faoliyatini boshlagan.  

Dahshatli urush boshlanishi arafasi – 1940 yil boshida 28 yoshlik o‘zbek injeneri Ittifoq To‘qimachilik sanoati Xalq Komissariati buyrug‘iga binoan Moskvadan Toshkent to‘qimachilik kombinatiga xizmatga yuborilgan. “Moskvalik” injener eng katta ishchi kollektivida o‘z injenerlik malakasini yuksak mas’uliyat bilan amalga oshira boshlagan. U to‘plagan sanoatni rivojlantirish tajribasi haqiqiy rahbarlik mahoratiga erishishida oliy hayot maktabiga aylangan. Uning yaqin tariximizdagi og‘ir yillar davomida bu maskanda turli mas’uliyatli lavozimlarda olib borgan faoliyati keng ko‘lamdagi amaliy boshqaruv sirlarini o‘rganishida alohida ahamiyat kasb etgan.  

Respublika miqyosida salohiyati oshib borayotgan bu tashabbuskor rahbarning ayniqsa urush yillari, undan keyingi mamlakatni tiklashdek qiyin davrlarda to‘qimachilik sanoati rivojlanishiga qo‘shgan hissasi tarixiy manbalarda o‘z aksini topgan. Urush davri haqida gap ketganda, har gal Mirzamahmud Musaxonovning yuz qiyofasi o‘zgarib, ovozi ham boshqacha ohangda chiqayotgandek tuyulardi. Jumladan, u o‘zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qanchalik arzigulik hissa qo‘shganligi, jang ketayotgan hududlardan millionlab yurtimizga evakuatsiya qilingan odamlarni, ayniqsa, son-sanoqsiz yetim bolalarni qabul qilish, boqish, saqlab qolish, ish va o‘qish bilan ta’minlash o‘z-o‘zidan osonlikcha bo‘lmaganligini alohida ta’kidlardi.

M.Musaxonov o‘z xotiralarini shunday qayd qiladi: “1940 yil boshlarida men Toshkent to‘qimachilik kombinatining yarmisi ish boshlayotgan, yarmisiga endi stanoklar o‘rnatilib, hali to‘la yo‘lga qo‘yilmagan 2-Yigiruv-to‘quv fabrikasiga ishga yuborildim va bu yerda iplarning sifatini ta’minlovchi maxsus bo‘limga boshliq qilib tayinlandim. Asosiy vazifam – eng nozik matolar ishlab chiqarish uchun kerakli uzun tolali paxtani yigirib, undan ingichka, lekin pishiq ip tayyorlashni ta’minlash edi. Buning uchun maxsus sexlar tashkil qilish, ularga turli kerakli stanoklarni bor qismlardan yig‘ib, sozlab, ishga tushirish, sifatli ishlashini ta’minlash mas’uliyati menga topshirilgandi. U paytlarda kombinatda stanoklarni yaxshi tushunadigan master va injenerlar sanoqli bo‘lib, bu soha bo‘yicha mahalliy mutaxassislar yo‘q edi. Boshqa shaharlardan kelgan masterlar orasida yagona o‘zbek men edim.

Institutni bitirganimdan so‘ng, Serpuxov shahridagi katta fabrikada to‘rt yil ishlaganim, bundek katta ishlab chiqarish “qozoni”da “qaynab”, ko‘plab tajribali ishchi, master, injenerlardan ish o‘rganib, kerakligicha amaliy malaka orttirganim endi ona yurtimda juda qo‘l kelgandi. Kombinatda o‘zimni dadil sezardim, ishchilar bilan muomala qilishni bilardim, ularning har qanday savollari va murojaatlarga javob bera olardim, ishga tushirilayotgan yoki buzilgan stanoklarning yoniga borishdan qo‘rqmasdim. Yonimda tajribali masterlar yo‘qligi, yuqori malakali injener yagona o‘zim bo‘lganligim sababli kun bo‘yi tinim bilmasdim. Stanoklari buzilib yoki to‘xtab qolgan ishchilar navbatma-navbat yordamimni, ko‘rsatmalarimni kutib kutishardi. Bu jarayonga juda qiziqib, qandaydir bir ko‘tarinki ishtiyoq bilan ishga tushib ketgandim, mashinalarni o‘z muddatlarida o‘rnatib, sozlab, rahbariyatning maqtovlariga ham sazovor bo‘la boshladim. Kecha-yu-kunduz ishga berilib, aniq natijalarga erishishga intilishim bo‘lsa kerak, menga yanada mas’uliyatli vazifalar topshira boshlashdi. Bir lavozimda uzoq o‘tirib qolmadim”.  

Urush davomida asosiy paxta yetishtirish va uni qayta ishlash manbai hisoblangan O‘zbekistonning zimmasiga yuklatilgan mas’uliyat – frontni to‘qimachilik mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlab berish bo‘lgan.

Respublikadagi bosh sanoat korxonasi – To‘qimachilik kombinatiga e’tibor alohida bo‘lib, uning urush davridagi faoliyati shaxsan o‘sha paytdagi davlat rahbari Usmon Yusupovning doimiy nazoratida bo‘lgan. U kombinat qurilishidan boshlab, ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq barcha masalalargacha jiddiy kuzatib, muntazam ravishda kelib, vaziyatni joyida bilib turgan. U urush boshlangan kunning ertasiga kombinatga tashrif buyurib, kollektiv bilan uchrashgan, ularni ruhlantirib, g‘alabaga munosib hissa qo‘shishga chaqirgan. Mirzamahmud Musaxonovning xotirlashicha: “Uchrashuv yakunida Usmon ota mening oldimga kelib, o‘ng qo‘lini yelkamga yengil tegizib, “sizlarga ishondim, dushmanni yengamiz, g‘alaba kuni albatta keladi”, deya, barcha kombinat rahbarlari va qator ishchilar bilan birma-bir qo‘llarini mahkam siqib, xayrlashgan”.  

Ta’kidlash lozimki, bu ulkan iqtisodiy ob’ekt qurilishi, ishga tushirilishi, barcha ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq masalalar bevosita rahbarlar – Akmal Ikromov, Usmon Yusupovdan to Sharof Rashidovga qadar ularning nazoratidan bo‘lgan. Barcha muammolar o‘z vaqtida hal qilingan, istiqbolli yo‘nalishlari belgilangan, turli tashabbuslar to‘la qo‘llab-quvvatlangan.

Urush boshlangach, Leningraddan evakuatsiya qilingan Ip fabrikasi kombinat tarkibiga qo‘shilib, qisqa muddatda, deyarli uch oydan so‘ng, 1941 yil 5 oktyabrdanoq kerakli mahsulotlar – ip g‘altaklarini chiqara boshlagan. M.Musaxonov rahbarligidagi bu korxona butun mamlakat, birinchi navbatda front uchun kerakli ip mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni to‘la ta’minlagan yagona fabrika bo‘lgan. O‘ta pishiq gazlamalar hajmi 410 mln. metrdan oshgan. Ayni paytda, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bilan birga qator maxsus bo‘limlar va korxonalarda frontdagi jangchilar uchun harbiylar kiyimlar ham tikilgan.

M.Musaxonovning xotira daftarida yozilishicha, “1-Yigiruv-to‘quv fabrikasiga mudir lavozimimda urush boshlanib, u tugaganicha – butun xalqimiz vatan himoyasi haqida qayg‘urgan og‘ir yillar, kombinat kollektivi bilan kun bo‘yi emas, vaziyat taqozosi bilan, kechalari ham, so‘tkalab ishlashga to‘g‘ri keldi. Jamoamiz kunu-tun, tinimsiz uch smenada bor quvvat va imkoniyatlardan foydalanib, ishlardi. 28 ming kishi, 10 ming stanok tinim bilmasdi. Butun mamlakat «Hamma narsa front uchun» shiori ostida mehnat qilayotgan davrda, Toshkent kombinati jamoasi ham front uchun bor kuchini safarbar qilishga intilardi. O‘rta tolali paxtadan surup, chit va doka ishlab chiqarilib, ulardan jangchilarning ichki va ust-bosh kiyimi tikilgan. Yuqori sifatli, juda pishiq ingichka va uzun paxta tolasidan maxsus «aviatsiya va parashyut matosi” to‘qilib, frontga jo‘natilgan. Bunday gazlama jangovar samolyotlar korpusi va qanotlariga tarang tortilib, ustidan bo‘yalgach, dushman sezishi qiyin bo‘lgan maxsus qoplama sifatida foydalanilgan. Barcha ishchilarimiz, injener-masterlarimiz davlatimiz qanday xavf ostida qolganini, fashist gazandalarini yanchish kerakligini, zimmamizda naqadar yuqori mas’uliyat borligini chuqur his qilgan holda o‘z ish joylarida jonu-dildan, bor kuchlarini, vaqtlarini, hatto sog‘liqlarini ham ayamay tunu-kun xizmat qilardilar».

Dahshatli urushning ilk kunlaridanoq barcha zavod va fabrikalarda, shu jumladan, Toshkent kombinatida ham qattiq mehnat intizomi o‘rnatilib, 6 kunlik ish haftasi davomida smena vaqtidan tashqari yana qo‘shimcha majburiy 11 soat ishlab berish belgilangan. Mehnat intizomini buzganlar, kundalik vazifalarni bajarmaganlar jazolangan. Hamma ishga vaqtdan avval kelishga harakat qilib, kechikish uchun o‘rnatilgan jinoiy javobgarlikka uchramaslikka intilgan.  

Bu davrdagi qiyinchiliklardan yana biri – urush boshlanishi bilanoq Toshkent kombinatidagi 4 mingdan ortiq erkak ishchi va texnik xodimlar frontga chaqirilib, bo‘sh o‘rinlarga xotin-qizlarni jalb qilish, ularga kerakli kasb-hunarlarni o‘rgatish masalasi bo‘lgan. Sal kam 13 ming ishchining 64 foizi yoki 8 mingdan ortig‘i ayollardan iborat bo‘lgan. Mehnat jamoasining deyarli yarmisini maktabni endi tugallagan yoki kechki maktablarda, texnikum va oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan yoshlar tashkil qilgan.  

Shunday vaziyatda kombinatning ko‘p mingli jamoasini birlashtirish, belgilangan rejalarning tezroq va ortig‘i bilan bajarilishini ta’minlash mas’uliyati M.Musaxonov zimmasida qanchalik og‘ir yuk bo‘lganligini aks ettiradi. Bunday vazifaning uddasidan chiqish rahbarlardan katta mahorat, talabchanlik, chidam, bosiqlik va ayni paytda odamlarga insoniy munosabatlarni, mehribonlikni ham talab qilgan. Bu sinovni sharaf bilan o‘tagan M.Musaxonov ishchilar orasida katta obro‘-e’tibor qozongan. Barcha murakkabliklarga qaramasdan, butun urush yillarida To‘qimachilik kombinatida uning qaramog‘idagi barcha bo‘limlar muntazam ravishda o‘z rejalarini ortig‘i bilan bajarishga erishgan.

Urush davrida kombinatda xizmat qilgan ishchilarning mehnat sharoiti, atrof-muhit haqidagi xotiralari saqlanib qolgan. Ulardan ayrimlari bilan tanishishning o‘zi murakkab davrga xos bo‘lgan nihoyatda og‘ir vaziyatlar haqida tasavvur beradi: “Kombinatimiz kecha-yu-kunduz to‘xtamasdan ishlardi, stanoklarning biror payt to‘xtab turganini eslolmayman”, “Sexlardagi chang va shovqinga chidab bo‘lmasdi, ish sharoiti juda og‘ir edi”, “Esimda bor, maktabni endi bitirib, birinchi marta ishga kelganimda, juda qo‘rqib ketgandim, sexlardagi issiq, nam havo, nafas olib bo‘lmasdi, bo‘yash sexining achchiq, sassiq hidi, chang, shovqin meni gangiratib qo‘ygandi”...  

Shunday sharoitlarda kombinatda har kuni, oylab, yillab, sexma-sex, stanokma-stanok orasida yurgan yagona o‘zbek injeneri M.Musaxonovning ahvolini qaysi so‘zlar ifodalay oladi? Og‘ir holatlarda katta kollektivni birlashtirish, barcha sex va bo‘limlarning samarali ishlashini tashkil qilish, zarur mahsulotlarni tayyorlash, frontga qat’iy grafik bo‘yicha soatma-soat, kunma-kun tinimsiz jo‘natilishini ta’minlash kombinat rahbariyatiga oson bo‘lmagan.  

To‘qimachilik kombinatida uzoq yillar samarali mehnat qilgan o‘nlab mashhur ishchi dinastiyalari shakllangan, ularning fidokorona ish faoliyatlari doimo qadrlanib, yuqori baholangan. Urush davrida

Toshkent kombinati Ittifoq Oliy Soveti Prezidiumining 1944 yil 4 yanvardagi farmoniga binoan Mehnat Qizil bayrog‘i ordeni bilan mukofotlangan, 10 marotaba Ittifoq Kasaba uyushmalari Kengashi, To‘qimachilik sanoati Xalq komissariati va O‘zbekiston hukumatining Ko‘chma Qizil bayroqlarini olishga erishgan, 80 ortiq ishchi va texnik xodimlar turli yuksak hukumat mukofotlari bilan taqdirlangan.  

Davlat arbobi Mahmudjon Rasulov xotirlashicha, uning onasi Shukuraxon Komilova birinchilar qatorida Toshkent to‘qimachilik kombinatiga ishga kirgan o‘zbek ayollaridan bo‘lgan. Shukuraxon 1938 yili O‘rdadagi 115-maktabning 7-sinfini bitirib, kombinat qoshidagi “Fabrika-zavod o‘quvchilari” nomli maktabga o‘qishga kirgan. Uni tugatgan paytida urush boshlanib, 18 yoshida kombinatda mehnat faoliyatini boshlagan. “Onam yoshligidagi bu og‘ir davrlarni, boshidan o‘tgan turli qiyinchiliklarni ko‘p eslardi. Kombinatda harbiy intizom o‘rnatilgan bo‘lib, u har kuni ertalab, hali kun yorishmasdan, O‘rdadan o‘tadigan tonggi birinchi tramvayga ulgurib, ishga soat 6 ga yetib borgan. Ko‘p paytlarda ikki, hattoki uch smenada ham, uyga qaytmasdan ishlashga to‘g‘ri kelgan. Buning evaziga unga kuniga boshqa ishchilar qatorida 200 grammdan qora non berilgan.  

Onam ayniqsa M.Musaxonovni hurmat bilan tilga olib, juda iliq so‘zlar bilan eslardi. Bu inson nomini birinchi marta yoshligimda onamdan qayta-qayta eshitib, eslab qolgandim. Uning aytishicha, bu korxona rahbari doimo ishchilarning yonida bo‘lib, sexlarni tinmay aylanib, ish jarayonini bevosita kuzatib borgan. Agar biron stanok, agregat yoki uskuna buzilib, to‘xtab qolsa, darhol uni qanday yana yurgizish, sozlash bo‘yicha masterlarga maslahat va ko‘rsatmalar berib, ular bilan birga tuzatgan.  

Onamning yodida qolgani, uning ishchi kiyimidagi yon cho‘ntaklarida shtangelsirkul bo‘lib, moyli qo‘llarni artadigan latta ham osilib turarkan. U yurish-turishida juda oddiy, hammaga e’tiborli, sezgir odam bo‘lib, har kuni hamma qatori kombinat oshxonasida ishchi-xodimlar bilan birga, yonma-yon ovqatlangan. Onamga yoqqani – bu rahbar deyarli barcha ishchilarni shaxsan tanib, ko‘pincha ularning ismini aytib, samimiy ko‘rishib, yumshoq muomila qilgan, oilaviy ahvollarini surishtirgan, imkon darajasida yordam ko‘rsatishga harakat qilgan. Onamning takrorlashicha, ishchilar uni nihoyatda hurmat qilishgan.  

Yoshligidan juda chaqqon, harakatchan bo‘lgan Shukuraxon onam ko‘pincha o‘zaro musobaqalarda g‘olib bo‘lib, ilg‘or ishchilardan hisoblangan. Unga samarali mehnati uchun bir necha marotaba shaxsan M.Musaxonov kollektiv oldida minnatdorchilik bildirib, turli sovg‘alar topshirgan. 1946 yili onam bir qator ilg‘or ishchi-xizmatchilar qatorida fidokorona mehnat shijoati va zarbdorligi uchun “Yengil sanoati musobaqasi a’lochisi” faxriy belgisi bilan mukofotlangan. Uni topshirish marosimi Moskvada bo‘lib, onam M.Musaxonov boshliq delegatsiya safida mamlakat poytaxtiga borgan. Onamning so‘zlari bo‘yicha, bir necha kun yurgan poyezdda Mirzamahmud Musaxonov har bir kupega kirib, ishchi-injenerlari bilan samimiy suhbatlashib borgan. U bilan ko‘rishib, gaplashganda, doimo odamning kayfiyati ko‘tarilardi derdi onam”.

M.Musaxonov tarbiyalagan va suyangan mashhur to‘qimachilardan yana biri 40 yoshida yuksak “Mehnat qahramoni” unvoniga erishgan Marhamat Yo‘ldosheva bo‘lgan. Respublikada keng tanilgan bu ayol 1936 yili 16 yoshida kombinatga ishga kirib, shu yerda uzoq yillar fidokorona mehnati davomida to‘qimachilik bo‘yicha yuksak malakali mutaxassis darajasiga erishgan va eng obro‘li kombinat faxriylari orasidan o‘rin olgan. Ayniqsa urush yillari bu yosh qizning har kuni bir yarim smena ishlab, doimo o‘rnak ko‘rsatib,  belgilangan rejalarni ortig‘i bilan bajarganligi, yonida ko‘plab shogirdlar tayyorlagani haqidagi maqolalar matbuot sahifalarida keng yoritilgan.  

Mirzamahmud Musaxonov xotiralaridan: “Moskva to‘qimachilik institutini tamomlaganimdan beri tinimsiz mehnat faoliyatida bo‘ldim. Qayerda ishlamay – master yoki sex boshlig‘i, bosh injener yoki kombinat direktori bo‘lishimdan qat’i nazar, ishlab chiqarish jarayoni o‘ziga rom etardi, go‘yoki, allaqanday g‘aroyib, afsonaviy olamda yashardim. Meni to‘qimachilik ishlab chiqarishining qudratli maromi, zamonaviy stanoklar qiziqtirib qo‘ygandi. Ularni sozlash, ravon ishlashini ta’minlash, ayniqsa yangi mahsulot turi uchun kerakli texnologiyalarni topib, ularni qo‘llashni yaxshi ko‘rardim. Sex hayoti menga juda yoqib, g‘ayratim ichimga sig‘masdi, yuqori lavozimlarga qayta-qayta taklif qilishsa-da, rad etardim”.

“Moskvalik” injener” - kombinat xodimlari ko‘pincha M.Musaxonovning yuqori malakasini tan olgan va ta’kidlagan holda, bu so‘zga alohida urg‘u berib, shunday deb chaqirishgan. U ishlab chiqarish jarayonining barcha hal qiluvchi bosqichlarini puxta egallagan haqiqiy injener, ishchi va texniklar bilan bevosita yonma-yon turib, faoliyat yurita oluvchi haqiqiy mutaxassis, ayni paytda, keng ko‘lamda ishlab chiqarishning mohir tashkilotchisi sifatida o‘z qobiliyatlarini namoyon eta olgan.

Urushdan keyingi yillarda Toshkent to‘qimachilik kombinatida xizmat qilgan oliy ma’lumotli 200 nafar injener orasida atigi 5 kishi o‘zbek bo‘lgan. Shu davrda Toshkent to‘qimachilik institutini bitirgan 233 nafar injenerlarning 21 nafarigina o‘zbeklar bo‘lgan, 1946–1949 yillarda To‘qimachilik kombinatiga ishga qabul qilingan 24 oliy ma’lumotli mutaxassis orasida bironta o‘zbek bo‘lmagan. Shu sababli M.Musaxonov xo‘jalik masalalariga bag‘ishlangan katta majlislardan birida Toshkent to‘qimachilik instituti rahbariyatining e’tiborini bu o‘ta muhim muammoni izchil hal qilishga qaratgan.  

To‘qimachilik kombinati qurilishi bilan deyarli bir paytda tashkil etilgan To‘qimachilik institutining salohiyati oshishiga 1942 yili mart oyida dushman qurshovida qolgan Leningraddan To‘qimachilik institutining evakuatsiya qilinishi ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Uning barcha yirik olimlari, tajribali mutaxassislari Toshkentdagi To‘qimachilik instituti binolarida o‘z pedagogik va ilmiy faoliyatini davom ettirishgan. Ko‘p o‘tmay, ikki oydan so‘ng, dushman Moskva ostonalariga yaqinlasha boshlaganida, u yerdagi M.Musaxonov tugatgan To‘qimachilik instituti ham Toshkentga, bu yerdagi institut binolariga ko‘chirilgan. Ikkita taniqli markaziy oliy o‘quv yurtlarining Toshkentdagi To‘qimachilik instituti tarkibida faoliyat olib borishlari bu oliygohdagi o‘qish sifatini oshirish va yangi yo‘nalishlar bo‘yicha injenerlar tayyorlash imkoniyatini bergan. Ko‘chirilgan institutlarning deyarli 10 ming talabasi imkon darajasida, juda zich bo‘lsa-da, bor yotoqxonalarga, u yerga qo‘yilgan ikki qavatli karavotlarga joylashtirilgan.

300 ga yaqin rossiyalik professor va o‘qituvchilar esa toshkentlik hamkasblarining uylarida yashashgan. Ularning urush boshlanishi bilanoq Rostovga evakuatsiya qilingan yuzga yaqin yosh farzandlari, front yaqinlashayotganligi sababli Toshkentga jo‘natilib, hozirgi Mevazor tumanidagi alohida “Bolalar uyi”ga joylashtirilgan. Bunday o‘ta qiyin vaziyatlarda yuzaga kelgan sanoqsiz tashkiliy masalalarni hal qilishda M.Musaxonov faol ishtirok etgan. Ayniqsa o‘zi o‘qigan Moskva institutidagi ko‘p tanish pedagoglar uning doimiy e’tibori va yordamidan bahramand bo‘lishgan.  

... Bugungi buyuk G‘alaba kunida unga erishish yo‘lida jonlarini ham ayamay fidokorona jang qilgan, ayni paytda front uchun barcha kerakli qurol-aslaha, kiyim-bosh, oziq-ovqat, dori-darmon bilan tinimsiz va yetarlicha ta’minlash bo‘yicha kecha-yu kunduz mehnat qilgan yurtdoshlarimiz xotirasi cheksiz minnatdor avlodlar uchun mangu qadriyatdir.

S.Saidqosimov, professor

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik to‘qimachilarning buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasi