Mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Ushbu sana munosabati bilan o‘tganlar nomi yodga olinib, keksa avlod vakillariga mehr-muruvvat, alohida e’zoz va ehtirom ko‘rsatilmoqda.

Navoiy viloyati Uchquduq tuman hokimi Uchqun Yelmuratov front orti mehnat faxriysi Anna Krivenyuk xonadoniga tashrif buyurib, 2025 yil 25 fevraldagi Prezident farmoni bilan ta’sis etilgan “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medali va 3,3 million so‘m miqdoridagi bir martalik pul mablag‘ini topshirdi.

Anna Krivenyuk bu yil 92 yoshni qarshiladi. Uning yoshligi mash’um Ikkinchi jahon urushi yillariga to‘g‘ri kelgan. 8 yoshli qizaloq front ortida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan. Bolaligini, navqiron yoshligini mamlakatni tiklash ishlariga safarbar qilgan Anna Ivanovnaning taqdiri Uchquduq shahri bilan bog‘langan.  

– Urushda g‘oliblar bo‘lmaydi, deyishadi. Bu so‘zlar bejiz aytilmagan, – deydi mehnat faxriysi Anna Krivenyuk. – Yoshligim urush yillariga to‘g‘ri kelganligi sababli ko‘p mashaqqat chekdim. Front ortida turib, askarlarga yordam qildik. Afsuski, o‘sha janglarda qatnashganlarning aksariyati bugun oramizda yo‘q. Urush barchamizga ibrat bo‘lishi kerak, aslida. Dorilamon kunlar, tinch-osuda hayotning qadriga yetish lozim.  

Bir piyola choy ustida tashkil etilgan suhbat chog‘ida suronli yillar yodga olinib, qo‘shiqlar ijro etildi va bugungi farovon kunlarga shukronalik keltirildi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suronli yillar yodi